IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
253
Har bir korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat resurslaridan samarali
foydalanishga erishish uchun ular bilan korxona rahbariyati o‗rtasidagi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar me‘yori buzilmasligi, har ikkala tomon talablari ham
e‘tibordan chetda qolmasligi lozim.
Mehnat resurslari tarkibi, asosan, uch qismdan iboratdir:
1. Mehnat yoshidagi aholi.
2. Ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashayotgan o‗smirlar.
3. Ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashayotgan nafaqaxo‗rlar (qariyalar).
Mehnat resurslarini sotsiologik nuqtai nazardan o‗rganishda mehnat resurslari
shakllanishi, ulardan foydalanish, ularga bo‗lgan talab, mehnat resurslarining ish
joyidagi ko‗nimsizlik sabablari, ularning sifatiy taraqqiyoti bilan bog‗liq qator
sotsial omillarga e‘tibor qaratish lozim.
Mehnat resurslarini sotsial-iqtisodiy nuqtai nazardan o‗rganishda, birinchi
navbatda, quyidagi jarayonlarga e‘tibor berilishi lozim:
1. Aholining ijtimoiy ishlab chiqarishda band aholiga (ishlovchilarga) va
ijtimoiy ishlab ishlab chiqarishda band bo‗lmagan aholiga (ishlamaydiganlarga)
taqsimlanishi.
2. Ishchilarning ijtimoiy ishlab chiqarish sohalari bo‗yicha taqsimlanishi
(moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish sohalari, moddiy ne‘matlar ishlab
chiqarmaydigan sohalar).
3. Ishchilarning aqliy va jismoniy mehnatlar bilan bog‗liqligi.
4. Ishchilarning umumta‘lim va kasb-hunar malakalariga tayyorlash
darajasining oshib borishi. Yuqorida keltirilgan jarayonlarni o‗rganish mehnat
resurslaridan samarali foydalanish, xalq xo‗jaligining har bir sohasini ishchi kuchi
bilan muntazam ta‘minlab borish imkoniyatini yaratadi. Mehnat resurslarining
shakllanishi dunyo davlatlari bo‗yicha, turli mavqega, xususiyatlarga egadir. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |