«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet227/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

244 
Har bir odamning biologiyasidan kelib chiqadigan, irsiyat bilan bog‗liq 

bo‗ladigan tug‗ma kasalliklar natijasida o‗lishi endogen sabablardir. Bunday o‗lim


juda kam bo‗ladi. Asosan, o‗limlar ko‗pchiligi ekzogen sabablarga ko‗ra sodir 
bo‗ladi. Ekzogen sabablar kishi organlarida tashqi ta‘sir natijasida ro‗y beradi.
Tashqi ta‘sir deganda odamlar yashab turgan muhiti, ya‘ni tabiiy muhit, kishilar 
mehnati tufayli yaratilgan sun‘iy muhit, sotsial muhit ko‗zda tutiladi.

Tabiiy muhit 
– ayrim hayvonlar ba‘zi yuqumli kasalliklarni yuqtirishi, 
masalan, pashsha bezgak kasalligini, tropik o‗rmonlardagi setse chivini uyqu
kasalligini keltirib chiqaradi. 
Ammo o‗limlarning eng ko‗pi sun‘iy muhitdan kelib chiqadi. Inson o‗z
mehnati tufayli shunday sun‘iy muhitni vujudga keltirdiki, ular ta‘sirida bir qancha 
xavfli yurak-qon tomir, asab sistemali xavfli yaralar, venerik kasalliklar ko‗payib
ketdi. Bularga asosiy sabab hozirgi zamon sanoati, urbanizatsiya, texnika 
taraqqiyoti, avtomatlashtirish, xalq xo‗jaligini kimyolashtirish natijasida atrof-
muhitning buzilishi, havoning, oqar suvlarning ifloslanishi ro‗y berdi. Yurak-qon 
tomir kasalliklari industrial jihatdan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda
rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda 6-8 marta ko‗proqdir. Bu kasalliklarni 
to‗la tuzatib yuborishga tibbiyot hali qodir emas.
Atmosferani ifloslantirayotgan asosiy manbalarga transport, sanoat, 
energetika va kommunal xo‗jaligi kabilar kiradi. Masalan, AQSh da atmosfera
ifloslanishining 60 foizi transportdan, 17 foizi sanoatdan; 14 foizi energetikadan; 9 
foizi uylarni isitish uchun yoqilg‗i yoqishdan chiqqan gazlar hissasiga to‗g‗ri
keladi.

Avtomobillashishning yana bir salbiy tomoni avariyalardir. Yer sharida har


yili 55 million avtohalokat sodir bo‗lib, unda 300 mingdan ortiq kishi halok 
bo‗ladi. Taxminiy hisoblarga ko‗ra, haydovchilarning har to‗qqistasidan bittasi
avtohalokatda halok bo‗ladi yoki og‗ir jarohatlanadi. Avtohalokatlardan halok 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling