«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
241 tashkilotlar kiradi. Hindistonda tug‗ilishning kamayishiga aholi savodxonlik darajasining oshishi ham ta‘sir etmoqda. Masalan, 1971-yili Hindiston aholisining 29,4 foizi savodli edi; hozirgi davrda 40 foizga yaqini savodlidir. Tug‗ilishni nazorat qilish hamda xalqning savodlilik darajasini ko‗tarish, tibbiyotni rivojlantirish natijasida Hindiston davlati tug‗ilishni ancha kamaytirishga erishdi. Masalan, 1970-1990-yillarda har bir ayolning o‗z farzand ko‗rish davri davomida ko‗rgan farzandlar soni 5,4 dan 3,3 ga kamaydi. Ma‘lumki, Osiyo aholisining 70 foizdan ko‗prog‗ini Xitoy va Hindiston aholisi tashkil etadi. Shuning uchun ham Xitoy va Hindistonda tug‗ilishning kamayishi butun Osiyo bo‗yicha tug‗ilish ko‗rsatkichiga ta‘sir qildi. 1970-1990 yillarda tug‗ilish bu yerda deyarli 40 foizga kamaydi. Holbuki, xuddi shu davrda tug‗ilish Xorijiy Yevropada 16 foizga, Avstraliya va Okeaniyada 19 foizga, Afrikada esa 5 foizga kamaygan, xolos. Tug‗ilishning kamayib borishi sobiq SSSR tarkibidagi xalqlarda ham kuzatiladi. XIX asr oxirlariga qadar sobiq Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarda tug‗ilishning juda yuqoriligi kuzatilgan. Masalan, farzand ko‗rish davrida (dunyo bo‗yicha ayollarning 15-49 yosh davri) har ming kishiga nisbatan tug‗ilgan bolalar soni 1861-1865-yillarda 50,7 tani tashkil qilgan bo‗lsa, 1911-1913-yillarga kelib bu ko‗rsatkich 43,9 taga kamaydi, lekin bu raqam ham yuqori ko‗rsatkichdir. 1920- yillardan boshlab esa, sobiq Ittifoqda tug‗ilish juda keskin – ellik besh yil ichida (1925-1990) deyarli 2 martaga kamaydi. Biroq bu jarayon barcha respublikalarda bir tekisda borgan emas. Asosan, Boltiqbo‗yi, Belorussiya, Moldaviya, Rossiya va Ukrainada, ya‘ni xo‗jaligida sanoat yetakchi bo‗lgan respublikalarda tug‗ilish keskin kamayib ketgan. Shunday qilib, biologik jarayon bo‗lgan tug‗ilish va uning miqdori, ijtimoiy- iqtisodiy omillarning oila muhitiga bevosita ta‘siri orqali o‗zgarib boradi. Ijtimoiy- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling