IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
226
Haqiqatda, har yili taxminan 10 mln kishi ―portlovchi‖ urbanizatsiyani
kechirayotgan hududlardagi yuqori demografik sig‗im va yetarli darajada
infrastruktura ta‘minotiga ega bo‗lmaganligi sabab yuz beradigan xatarli sharoitlar
tufayli nobud bo‗lmoqda
.
“Urban” (urban) – shahar, “zatsiya” – jarayon demakdir.
Shu ma‘noda
urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. U
o‗ta murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir.
Urbanizatsiya
– jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab
chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi,
turmush tarzi va madaniyatidagi o‗zgarishlar bilan bog‗liq. U tarixiy rivojlanish
asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida
sodir bo‗lgan ko‗p qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir.
Uning torroq doiradagi demografik-statistik tushunchasi dunyoda, alohida
hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar
aholisi salmog‗ining ko‗payib borishini anglatadi. Dastlabki shaharlar mil.avv. 3-
1-ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy,
Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning O‗rta dengiz sohillarida vujudga
kelgan. Yunon Rim dunyosida esa Rim va Karfagen shaharlarining mavqei yuqori
bo‗lgan. O‗rta asrlar va uyg‗onish davrida kapitalistik ishlab chiqarish unsurlari
shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining o‗sib borishiga,
konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar
paydo bo‗la boshladi. Biroq uning geografik jihatlari ham kam emas, chunki
urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda o‗zgacha sodir bo‗lmoqda.
Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, ko‗rsatkich
bilan ifodalash, o‗lchash mumkin emas. Ammo, shunday bo‗lsa-da, barcha uchun
Christion Sawyer. Human geography crash course. Printed in the United States of America. Green Edition. -2012.
185-P.
Do'stlaringiz bilan baham: |