«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet209/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

222 
Shaharlar – mamlakatlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy, ilmiy 

faoliyat markazlaridir. Shahar – aholisi, asosan, sanoatda, savdoda, maishiy xizmat


ko‗rsatish sohasida, boshqaruv, fan, madaniyat shoxobchalarida band bo‗lgan yirik 
aholi punktlari. Shaharlar aholi soniga qarab katta shaharlar (aholisi 100 mingdan
ortiq), yirik shaharlar (aholisi 250 mingdan ortiq), juda yirik shaharlar (aholisi 500 
mingdan ortiq) va ―millioner shaharlar‖ga ajratiladi. Ular bir qancha vazifani
bajaradi. Bunday shaharlar ko‗p funksiyali shaharlar deyiladi. Ko‗p funksiyali 
shaharlar juda tez rivojlanadi, ular yonida yo‗ldosh shaharlar vujudga kelib,
aglomeratsiyalarni hosil qiladi. Aholi punktining shahar maqomini olish sharti turli 
mamlakatlarda turlichadir. Aholi punktiga shahar maqomini berishda shahardagi
turmush tarzi (urbanizatsiya)ning holati ham hisobga olinadi.
Ishlab
chiqarish 
kuchlarining
rivojlanishi 
va
joylanishi, 

xususan,


mujassamlashuvi natijasida turli funksional tip va yiriklikdagi shaharlarning bir 
joyda g‗uj holda o‗rnashgan shakli vujudga keladiki, ularni ilmiy adabiyotlarda
shahar aglomeratsiyasi deb ta‘riflashadi. ―


Aglomeratsiya
‖ so‗zi geologiyadagi 
―aglomerat‖ni eslatadi, ya‘ni bir hududda to‗p bo‗lib joylashganlikni anglatadi,
iqtisodiyot va, ayniqsa, g‗arbda shakllangan mintaqaviy iqtisodda esa sanoat 
aglomeratsiyasi – sanoat korxonalarini bir nuqtada to‗planganligini bildiruvchi
tushuncha mavjud. Shunga mos ravishda aglomeratsion omil va aglomeratsion 
effekt (samaradorlik) iborasi ham bor.
Aglomeratsiyaning vujudga kelishi taxminan quyidagi sxemada (tartibda) 
amalga oshadi. Qulay iqtisodiy geografik o‗ringa ega bo‗lgan shahar asta-sekin
yiriklashib boraveradi. Sababi – u o‗ziga barcha yangi-yangi sanoat korxonalari
xizmat ko‗rsatish muassasalari, oliy o‗quv yurtlari, moliya-bank tashkilotlari va
boshqalarni tortaveradi. Bu paytda shaharning tortish kuchi, markazga intiluvchi 
harakat avjida bo‗ladi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling