«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet278/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

298 
O‗rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan mashhur tabiblar, jumladan, Abu 

Bakir ar-Roziy asarlarida kishilarda uchraydigan kasalliklarning aksariyat qismi


uning yashash joyi bilan bog‗liqligi qayd etilgan. U, hatto, kasalxonalar qurilishida 
joyning iqlimi, joylashgan o‗rni kabi jihatlarga e‘tibor berish zarurligini
ta‘kidlagan. Shuningdek, tibbiyot ilmining asoschisi Gippokrat o‗z asarlarida turli 
makon va manzillarda yashovchi kishilar salomatligini baholashda mazkur joyning
iqlimi, suv va tuproq tarkibi, o‗simlik va hayvonot dunyosi kata ahamiyat kasb 
etishini alohida izohlab o‗tgan. Olimning ta‘kidlashicha, inson umumiy tabiat
olamining bir qismi bo‗lib, uning tashqi tuzilishi va ichki ruhiyatini shu tabiat 
shakllantiradi. Bu haqda Gippokrat shunday deb yozgan edi. ―Odam jismining
tabiatini tashqi muhit belgilaydi. Jamiyat esa o‗z qonun-qoidalari bilan odam 
tabiatini o‗zgartirishi mumkin‖.
Shunga o‗xshash fikrlar vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan ham 
ilgari surilgan. Uning yozishicha ―Odamlar tuzulishlarining rangi, surati, tabiat va
ahloqi turlicha bo‗lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, 
suv, havo va yerning, kishilar yashaydigan joylarning turlichaligidan hamdir‖.
Inson salomatligi va ular orasida uchraydigan kasalliklar hududiy tafovutlarga 
ega. XVIII asrda yashab ijod qilgan fransuz olimi Sharl Monteskye o‗zining
―Qonunlar ruhi to‗g‗risida‖ nomli asarida ―Iqlimning hukumronligi barcha 
kuchlardan ustunroqdir‖, degan shiorni olg‗a surgan edi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridayoq tibbiyot meteorologiyasi 
sohasida rus iqlimshunoslari A.I.Voyeykov, A.P.Sokolov, A.A.Kaminskiy kabi
olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Ayniqsa, bu xususda tibbiyot geografiyasida 
iqlim bilan bog‗liq masalalarni o‗rganishda rus olimi A.S.Berg tomonidan ishlab
chiqilgan, iqlimning sinflarga ajratilgan tavsifi muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 
Olim tibbiy geografik jihatdan mamlakat iqlimini 12 ta tabaqaga ajratgan. U iqlim
va ob-havoni sinflarga ajratish orqali salomatlikning hududiy jihatlarini 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling