«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet280/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

300 
Nozoareallar miqyosida aholinnig kasallanishi darajasi va kasalliklarning 

tarqalishida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillarning rolini aniqlash zamonaviy


tibbiy-geografik tadqiqotlarning dolzarb muammolaridan biridir. 
Joylarning relyef xususiyatlari ham inson salomatligini belgilovchi asosiy
omillardan biridir. Baland tog‗ mitnaqalarida o‗z nomi ―tog‗ kasalligi‖ deb 
ataluvchi kasallik keng tarqalgan. Tog‗ kasalligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ispan
sayyohi Akosta tomonidan yozib qoldirilgan. Uning yozishicha, 1590-yil And 
tog‗lari bo‗ylab sayohat chog‗ida 4500 metr dengiz sathidan balandlikda
hamrohlari orasida qandaydir kasallik yuzaga kelganligi, ularning yurak urishlari 
o‗zgarib, bosh aylanish, nafas siqishi, burunlarining qonashi, quloqlarining
shang‗ilashi kabi holatlar kuzatiladi. Bu tog‗ kasalligi bo‗lib, 1887-yil fransuz 
olimi Bert tomonidan aniqlangan va bu kasallikning bosh sababchi kislorod
yetishmasligi deb izohlangan. Keyingi yillarda tog‗larda yashovchi kishilarning 
yurak faoliyatini o‗rganish natijasida ushbu hududda yashovchilar yuragi boshqa
hududdagilarga nisbatan ancha farq qilishi, ya‘ni ularning yurak o‗ng 
qorinchalarining qalinligi aniqlangan. Tog‗li o‗lkalarda yashovchi kishilar orasida
yana quyosh urishi, oftalmiya, endemik buqoq kabi kasalliklar ko‗proq uchraydi. 
Dengiz va boshqa suv havzalarida faoliyat ko‗rsatuvchi kishilar orasida
ko‗pincha ―dengiz kasalligi‖ uchraydi. Ushbu kasallik kemaning chayqalishi 
natijasida yuzaga keladi. Dengiz kasalligining kelib chiqishi va rivojlanishida asab
tizimining holati muhim rol o‗ynaydi. 
O‗rmon, tayga hududlarida ham o‗z nomi bilan ―o‗rmon kasalligi‖ deb
nomlanuvchi kasallik uchraydi. Bu kasallikda kishi jismida har xil ruhiy holatlar, 
karaxtlik, tinimsiz uyqu, chivinlar va kanalar chaqishi bilan bog‗liq kasalliklar
ko‗p uchraydi. 
Cho‗l va unga yaqin hududlarda havo harorati va bug‗lanish yuqoriligi, nisbiy
namlik esa past bo‗ladi. Aslida inson organizmi uchun +18, +21 gradusli havo 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling