«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
302 geografiyasini tibbiyot geografiyasining tarkibiy qismlaridan biri ekanligini ta‘kidlagan. Tibbiyot geografiyasi vujudga kelgan davridan boshlab, to hozirga qadar bajarilgan tibbiy-geografik tadqiqotlarning aksariyatini bevosita nozogeografiya bilan tushuntirish ham yetarli bo‗lmaydi. Vaholanki, ―Nozogeografiyaning asosiy vazifasi inson kasalliklari geografik tarqalishining umumiy qonuniyatlarini ochib berish, alohida olingan kasalliklarning nozokomplekslari va nozoareallarini hamda ularning tadrijiy o‗zgarishlarini aniqlash bilan belgilanadi. Demak, shunday qilib, tadqiqot obyektining o‗ziga xosligiga bog‗liq holda, nozogeografiya tibbiyot geografiyasining mustaqil bo‗limi hisoblanadi‖ (Shoshin, 1962. -83 b.). Umuman olganda, tibbiyot geografiyasi aholi va uning salomatlik holati bilan bog‗liq bo‗lgan barcha geografik jarayon va qonuniyatlarni o‗rganar ekan, bunda u, eng avvalo, geografik muhitning aholi salomatligiga ta‘sir ko‗rsatuvchi kompleks tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy e‘tiborni qaratadi. Ular orasida, ayniqsa, iqlim va atrof-muhitning aholi salomatligiga ta‘siri, kasalliklarning tarqalishi, aholining joylashuvi, mehnat va turmush sharoitlari, urbanizatsiya jarayonlari, regionning xo‗jalik ixtisoslashuvi xususiyatlari, sog‗liqni saqlash sohasini rivojlanganlik darajasi juda muhimdir. Hozirgi davrda, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga mansub omillarning ahamiyati ortib bormoqda. Binobarin, tibbiy-geografik tadqiqotlarning muhim ilmiy-amaliy natijasi hisoblangan tibbiy-geografik atlaslar qishloq joylarda sog‗liqni saqlashning holati va rivojlanishi masalalari bo‗yicha A.P.Ayriyan tomonidan Armanistonda, F.G.Grigoryev tomonidan esa Chuvashiyada (1976-y.) chop etilgan. Nozogeografiyaning mohiyati va vazifalarini tushuntirishda kasallik-ning o‗zi, kelib chiqish sabablari haqida aniq ma‘lumotlarga ega bo‗lish lozim. Bu borada ko‗pgina tadqiqotlarni amalga oshirgan olimlarning (I.Sechenov, S.Botkin, Anichkov, Petrov, I.Pavlov) fikricha, insonning kasallanishi, avvalo, o‗ziga xos |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling