IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
304
sharoitlarni va ikkinchi tomondan, aynan shu kasallikni qabul qilishga moyil
organizmni o‗z ichiga qamrab oladi. Jumladan, endemik buqoqqa xos bo‗lgan
nozokompleks, eng avvalo, ushbu kasallikka moyil bo‗lgan inson organizmi
hamda suv va oziq-ovqat mahsulotlarida yod moddasini yetishmasligini o‗z ichiga
oladi. Nozokomplekslarni, ayniqsa, yuqumli kasalliklar bo‗yicha ko‗plab ajratish
mumkin.
Nozokomplekslarning komponentlari va ular o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlik
sodda (inson-suv yoki oziq-ovqatda yodning yetishmasligi) yoki murakkab (atrof-
muhitning ikki, uch va undan ortiq komponentlari va inson organizmi) ko‗rinish
(tur)larga ega. Murakkab nozokomplekslarga, ko‗pincha, inson parazitar
kasalliklari bilan bog‗liq bo‗lgan (bezgak, leyshmanioz, kana entsefaliti va b.)larni
kiritish mumkin. Muayyan hudud doirasidagi turlicha nozokomplekslar, bevosita
inson kasalliklari bilan aloqador bo‗lgan nozogeografik vaziyatning u yoki bu
holatini belgilashda muhim rol o‗ynaydi.
Nozogeografik vaziyatning bosh mezonlari va ko‗rsatkichlariga aholining
o‗rtacha umr ko‗rishi, umumiy va bolalar o‗limi darajasi, aholining kasallanishi,
turli mamlakat va rayonlardagi ekologik, sanitariya-gigiyena va epidemiologik
holatlar kiradi (A.Soliyev, N.Komilova, 1999. -12 b.).
Zamonaviy nozogeografik tadqiqotlarni kasaliklarning nozoareallarini
(tarqalish hududlarini) o‗rganmasdan tasavvur qilib bo‗lmaydi. Demak, nozoareal
– bu aholi orasida muayyan bir kasallik turi hisobga olinayotgan yoki paydo
bo‗lishi mumkin bo‗lgan hududni o‗z ichiga oladi. Ularning vujudga kelishi,
maydoni, chegaralari tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta‘sirida turlicha
shakllanadi.
Alohida olingan inson kasalliklari nozoareallarining tadrijiy o‗zgarishlarini
tadqiq etish natijasida ularning vujudga kelishi sabablari o‗rganilib, tarqalishi
mumkin bo‗lgan hududlar aniqlanadi. Bu esa, kasalliklarning avvaldan qachon va
Do'stlaringiz bilan baham: |