«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet292/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

313 
Uning fikricha, ―Eski dunyo‖ g‗arbdan sharqqa katta masofaga cho‗zilganligi 

sababli iqlimiy jihatdan bir xillikka ega. ―Yangi dunyo‖ esa shimoldan janubga


tomon katta masofaga cho‗zilganligi tufayli iqlimiy farqlari juda katta. Mazkur 
iqlimiy farqlar Ritterning fikricha, mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteriga
katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
O‗z navbatida, tashqi siyosat turli yo‗nalishlardan iborat. U, avvalambor,
boshqa davlatlar bilan tinch-totuv yashash, iqtisodiy, madaniy, fan-texnika, global 
ekologik muammolarni hal qilishdagi xalqaro aloqalarni o‗z ichiga oladi. Tashqi
siyosatning bir ko‗rinishi – geografik siyosat, ya‘ni geosiyosatdir. Bu siyosatning 
mazmunini ham ikki xil talqin qilish mumkin: avvalgi reaksion ma‘noda va hozirgi
to‗g‗ri mazmunda. Birinchisi, ko‗proq g‗arb mamlakatlarida alohida oqim sifatida, 
asosan, nemis, ingliz va shved olimlari (Fridrix Rattsel, Rudolf Chellen, Karl
Xausxofer, Alfred Mexen, Xelxord Mokkinder va b.) tomonidan yaratilgan bo‗lib, 
u o‗ta reaksion, o‗zga davlatlar va millatlarni kamsitish, ularning hududlariga
tahdid-tajovuz qilish, bosib olishni anglatadi. Aytish joizki, aynan ana shunday 
geosiyosat mamlakatlar o‗rtasidagi nizolar, jang-u jadallar sababchi bo‗lgan: nemis
fashizmining II Jahon urushini boshlashi ham g‗oyaviy jihatdan reaksion 
geosiyosatga asoslangan edi.
Yer yuzining turli qismlarida mavjud bo‗lgan hududiy kelishmovchiliklar 
asosida turli davlatlarning birinchi yo‗nalishdagi geosiyosati yotadi. Yugoslaviya
hududidagi janjallar, Isroil-Falastin munosabati, Panjob va Kashmir, Tog‗li 
Qorabog‗, Checheniston kabi juda ko‗p muammoli hududlar shular jumlasidan.
Geosiyosatning hozirgi zamon, to‗g‗ri ma‘nosi u yoki bu davlatning 
jahonning boshqa mamlakatlari, eng avvalo, qo‗shni davlatlar bilan tinch-totuv
yashash, ular bilan turli sohalarda hamkorik qilishni bildiradi. Shuningdek, bu 
yerda mamlakatning jahon okeaniga va bozoriga arzon, qulay, beg‗araz yo‗llar
orqali chiqishi ham nazarda tutiladi. Hozirgi geosiyosat bu avvalgi hududiy 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling