«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
316 musulmon davlatlarining siyosiy hayotida sezilarli rol o‗ynagan jamoat arbobi. Ibn Xoldun nazariyasiga ko‗ra, jamiyat siyosiy hayotiga tabiatni belgilovchi ta‘sirini asosiy omil – iqlim hal qiladi. Faqat iqlimi mo‗tadil mintaqalardagi odamlar madaniy faoliyat bilan shug‗ullanish qobiliyatiga ega, janubda yashovchilar esa (ya‘ni ekvatorga yaqin mamlakatlar), madaniyatni rivojlantirish uchun undovchi sabablarga ega emas, chunki ular na mustahkam uylarga, na kiyim-kechakka muhtoj, ozuqani esa tayyor holda tabiatni o‗zidan oladilar; sovuq shimol mamlakatlari xalqlari esa butun o‗zini quvvatini ozuqa topishga, kiyim-kechakni tayyorlashga va uy-joy qurishga sarflaydilar; demak ularning fan, adabiyot va san‘at bilan shug‗ullanishga vaqti yo‗q. Zamonaviy siyosiy adabiyotlarda ―geosiyosat‖ tushunchasi ba‘zan juda keng va ko‗p rejali talqin qilinadi, natijada, ilmiy fan tomonidan tadqiqotning barcha sohasini bajaruvchi xos xususiyatlardan mahrum bo‗ladi. Geosiyosat mamlakatlarni xalqaro-siyosiy vaziyati, xalqaro munosabatlar tizimidagi ularning o‗rni, harbiy-siyosiy birlashmalarda ularning qatnashish sharoitlarini baholash uchun ishlatiladi. Umumjahon va regional balans kuchlarining saqlanishida yoki o‗zgarishida muhim rol o‗ynovchi iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, ekologik, resursli va boshqa tadqiqot majmualarining savollariga muhim ahamiyat beriladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, sanab o‗tilgan aspektlar qaysidir darajada geosiyosatga taalluqlidir, lekin bu holatda o‗z-o‗zidan savol tug‗iladi: huddi shuningdek, bu savollarni ko‗rib chiquvchi xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatning umumnazariy tadqiqotlaridan geosiyosat nimasi bilan farq qiladi? Bu boradagi ensiklopediyalardagi mavjud tushuncha va izohlar ham to‗liq hisoblanmaydi. Geosiyosiy kuzatuvlar hududiy qamrovining mavzusi, yondashuvlarining xilma-xilligiga qaramay, alohida mamlakatlar va regionlardagi barcha o‗zgarishlar va tashqi siyosiy, strategik muammolar o‗rtasidagi bog‗liqlik tashxisini kirituvchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling