IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
318
- harbiy (qurolli kuchlarning kattaligi, quvvati, harbiy tayyorgarlik holati);
- ekologik (cheklangan yoki tugaydigan va tiklanmaydigan) resurslarga
bo‗lgan demografik bosim, xomashyo resurslarining kamayishi va tugashi, aholi
turmush darajasining o‗zgarishi;
- demografik (aholi soni, o‗sish sur‘ati, zichligi va tarkibi);
- madaniy-ma‘rifiy (konfessiyalar, millat va elatlar, mehnat an‘analari, ilm-
fan, ta‘lim, sog‗liqni saqlashning rivojlanganligi, urbanizatsiya darajasi va
boshqalar).
Yuqoridagi omillarni geosiyosiy jihatdan tahlil qilish uchta yo‗na-lishda olib
boriladi:
a) ijtimoiy-siyosiy vaziyatni ularning ma‘lum bir hudud va davr doirasida
rivojlanishi bilan bog‗liq holda tadqiq etish;
b) ma‘lum bir hudud to‗g‗risidagi haqiqiy ma‘lumotlarni ayrim hollarda
tamomila qarama-qarshi tasavvurlar bilan taqqoslash;
v) makonni o‗zgartirish bo‗yicha siyosiy strategiyani amalga oshirishni
bashoratlash.
Umuman, siyosiy geografiya hududning shakllanishida qonuniyatlarni
kuzatish bilan shug‗ullanadi, ya‘ni bevosita siyosiy yechimlar bilan berilgan
shunday hududiy sharoitlar tizimi bilan, ko‗rinib turganidek, bu fanlarning tor
doiradan aloqasini rad etish mumkin bo‗lmasa ham siyosiy geografiya va
geosiyosat turli xil yo‗nalishga ega. Bu aloqa, ularning rivojlanishidagi ma‘lum
sinxronligida namoyon bo‗ladi.
Geosiyosiy omillar tahlilining muhim elementi – davlatning kuch-qudrati
deganda, ikki narsa tushuniladi: birinchidan, davlatning o‗z maqsadiga boshqa
davlat siyosatiga tashqi siyosat orqali ta‘sir ko‗rsatish yo‗li bilan erishishi;
ikkinchidan, uning o‗z manfaatlarini imkoniyatlari yordamida himoya qila olishi
tushuniladi.
Har qanday davlatning, kuch-qudratini quyidagi omillar belgilab
Do'stlaringiz bilan baham: |