«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik muammolar
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
327 katta ta‘sir ko‗rsatdi. Ba‘zi davlatlarning yaqin va uzoq masofaga uchiriladigan raketalarga, yadro quroliga ega bo‗lishi, ―sovuq urush‖ bilan bog‗liq xavf-xatar o‗rnini so‗nggi davrlarda o‗z o‗rnini ekstremizm, urushlar, terrorizm, diniy-milliy mojarolar egalladi. Sust rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global muammolarning eng muhimidir. Mazkur muammoning dolzarbligi dunyo siyosiy kartasida qoloq mamlakatlar soni va salmog‗ining kattaligi hamda mavqeyining ortganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda qoloq aholining 3/4 qismi Afrikada, qolgani Osiyoda joylashgan o‗ndan ziyod mamlakatda qashshoq holda yashamoqda. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Ekologik muammolar . Insoniyat XXI asrga qadam qo‗yar ekan, uning oldida qanchadan-qancha muammolar mavjudligi ko`zga tashlanadi. Zero, fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi bir-biri bilan chambarchas bog‗liq qator jahonshumul muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ana shunday muhim dunyoviy muammolardan biri bu ekologik muammolardir. So‗nggi yillarda sayyoramizda inson faoliyati tufayli qator ekologik o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda: iqlim va ob-havo yer sharining barcha mintaqalarida sezilarli tarzda o‗zgarib bormoqda, suv va tuproqlar tarkibi tobora ifloslanmoqda, o‗simlik va hayvonot dunyosi turlari kamayib bormoqda. Bu esa, o‗z navbatida, yer yuzida yashovchi barcha insonlarning sog‗ligiga keskin ta‘sir ko‗rsatmoqda. Butun Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti hozirgi kunda jami kasalliklarning 80 foizga yaqinrog‗i ekologik muammolar oqibati ekanligini qayd etadi. Shunday ekan bunday ekologik xavf-xatarning oldini olish nafaqat ekologlar, qolaversa, Ma‘lumki, ―ekologiya‖ tushunchasi dastaval, 1869-yilda nemis biologi Ernest Gekkel tomonidan fanga kiritilgan edi. Olim ―ekologiya‖ so‗zini barcha tirik mavjudotlarning tashqi muhit bilan o‗zaro aloqadorligini ifoda etuvchi zoologiyaning (biologiyaning) bir tarmog‗i sifatda ishlatgan. Ekologiya so‗zi grekcha so‗z bo‗lib, ―oykos‖-uy, yashash joyi, logos-fan, ta‘limot ma‘nolarini anglatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling