«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
328 keng jamoatchilik, shu jumladan, geograflar oldiga ham qator masalalarni ko‗ndalang qo‗ymoqda. Umuman, atrof-muhitning o‗ta ifloslanib borishi, insonning tabiat ustidan cheksiz hukmronligi inson ekologiyasi, qolaversa, u bilan bog‗liq kasalliklarning yer yuzida tarqalish sabab va qonuniyatlarini tadqiq etuvchi tibbiyot geografiyasi oldiga yangidan-yangi muammolarni qo‗ymoqda. Fan va texnikaning jadal taraqqiyoti, insonning tabiatga bo‗lgan ta‘sirining to‗xtovsiz ortib borishi va shu tufayli tabiiy muhitda yuz berayotgan qator salbiy o‗zgarishlar inson salomatligiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatmoqda. Tabiiy muhitning ifloslanishi, shaharlashuv jarayoni, aholining shaharlarda o‗ta tig‗iz joylashuvi, ijtimoiy muhitdagi salbiy o‗zgarishlar kishilarda qadim zamonlarga xos va mos bo‗lmagan asab va boshqa turdagi kasalliklarning paydo bo‗lishiga sabab bo‗lmoqda. Shaharlashuv (urbanizatsiya) jarayonining jadallashuvi o‗z navbatida havo, suv va tuproqning ifloslanishi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga hozirgi vaqtda shaharlar kishilar ruhiy holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi shovqin markazlari bo‗lib kelmoqda. Yer sharidagi eng shovqinli shahar Rio-de Janeyro bo‗lib, uning o‗rtacha shovqin darajasi 85 dB ga teng. Shovqin asab tizimi, eshitish a‘zolari va yurak faoliyatining buzilishiga sabab bo‗luvchi asosiy manba sifatida bugungi kunda, ayniqsa, yirik sanoat va aholi o‗ta zich shaharlarda yuqoridir. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi, shaharlarning yiriklashuvi, ulkan aglomeratsiya, konurbatsiya va megapolislarning vujudga kelishi, ishlab chiqarishning yuqori darajada mujassamlashuvi va boshqa hayotiy jarayonlarning jadallashuvi bunday muhitda kishilarning yashashlari uchun juda katta noqulayliklar tug‗diradi. Odatda, yirik shaharlarda kishilarning qon bosimi yuqori bo‗ladi, ular orasida asab tarangligi hollari tez-tez uchrab turadi. Bunday sharoitda o‗ziga xos xastaliklar vujudga keladiki, uni olimlar ―urbanit‖ deb ham nomlashadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling