IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
311
atrofida yirik geopolitik blokni tashkil etdi. Keyinchalik ushbu blokni mafkuraviy
va axborot qurollari yordamida parchalash uchun yarim asr vaqt sarflandi.
Posttam geosiyosiy bosqichi
1945-yildan boshlandi. Berlin shahri yaqinida
joylashgan bu shaharchada imzolangan shartnoma Germaniya va uning
ittifoqchilari ustidan qozonilgan g‗alabadan so‗ng Yevropadagi kuchlar
muvozanatini o‗zida aks ettirdi, yangi geosiyosiy kuchlarning holatini, yangi
chegaralarini aniqlab berdi. Shartnoma jahonning ko‗p qirralikdan biopolyar
tizimga o‗tganligidan dalolat berar edi. Ya‘ni, bir tomondan, kontinental (quruqlik)
kuchlarini namoyon qiluvchi sobiq Ittifoq va uning ittifoqchilari, ikkinchi
tomondan, ko‗proq dengiz kuchlarini o‗zida namoyon qiluvchi AQSh geosiyosat
olamida tan olindi. Bu ikki qutbning qarama-qarshiligi Potstam bosqichining
mazmunini aniqlab berdi. Uning ahamiyatga molik tomoni shunda ediki, ikkita
yirik qutbning qarama-qarshiligi ―sovuq‖ va yadro urushglari o‗rtasidagi
muvozanatda kechdi. Sobiq ittifoq iqtisodiyoti tashqi o‗zgarishlar va
rivojlanishlarga nisbatan moslashuvchanlik darajasi past bo‗lganligi uchun
inqirozga yuz tutdi.
Belovej geosiyosiy bosqichi
yangi davlatlarning paydo bo‗lishi bilan
xarakterlanadi. Birinchi navbatda, jahonning yangi hukmdorlari ―barxatli‖ va
ma‘lum kuchga tayangan holda Sobiq Ittifoq atrofida, so‗ngra Rossiyada yangi
jahon qoidalarini shakllantirmoqdalar. Ular Versal shartnomasi qoidalariga
asoslangan holda ish yuritmoqdalar.
Qadimgi davrlardanoq olimlar geografik muhitning inson siyosiy hayotiga
ta‘sirini o‗rganishga qiziqqanlar. Arastu o‗zining ―Siyosat‖ deb nomlangan asarida
quyidagi fikrni aytib o‗tgan: ―Iqlimi sovuq bo‗lgan mamlakatlarda istiqomat
qiluvchi kishilar dovyurak bo‗lishadi, ammo ularda xayoliy orzular va ixtirolar
qilishga moyillik yo‗q. Shuning uchun ham ular boshqa xalqlarga nisbatan ko‗proq
vaqt ozodlikni saqlab turishadi, biroq o‗z qo‗shinlariga boshchilik qilish va ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |