«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
310 Uchlik ittifoqining birinchi jahon urushida (1914-1918) parchalanib ketishi Versal geosiyosiy bosqichi ning boshlanishi bilan xarakterlanadi va geopolitik kuchlar nisbatining tubdan o‗zgarishiga olib keldi. Kuchli siyosiy markaz bo‗lib hisoblangan Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Turkiya imperiyalari inqirozga yuz tutdi. Ushbu davlatlarning parchalanishidan paydo bo‗lgan nisbatan kichik davlatlarni Versal shartnomasining mualliflari o‗z ta‘sir doiralariga kiritishni maqsad qilib oldilar. Versal shartnomasi siyosiy yetakchilikni quruqlikda Fransiyaga, dengizda esa Angliyaga tegishini ta‘minlab berdi. G‗olib davlatlar siyosatchilari nuqtai nazaridan Rossiya uchun Yevropada joy yo‗q edi. Versal shartnomasining ajralmas qismi hisoblangan Millatlar ligasi nomidan Germaniya va Turkiya imperiyalari koloniyalari g‗olib davlatlar tomonidan bo‗lib olindi. AQSh Prezidenti Vilsonning rejalariga ko‗ra, Rossiya davlati bir necha ta‘sir doiralarga bo‗linishi kerak edi. Masalan, Kavkaz Turkiya imperiyasining bir qismi sifatida, O‗rta Osiyo esa biron-bir Yevropa davlatining protektorati qilinishi lozim edi. Rossiya va Sibirning o‗zida esa amalda hech qanday siyosiy kuchga ega bo‗lmagan qaram davlat tuzish ko‗zda tutilgan edi. Shu maqsadda jahonning 15 ta yirik davlati o‗z qo‗shinlarini Rossiya hududiga kiritdi. Birinchi jahon urushida eng katta yutuqqa AQSh burjuaziyasi erishdi. U o‗z kuchini his qilgan holda, 1922-yilda Vashington konferensiyasida AQSh Angliya bilan bir qatorda, harbiy dengiz flotiga ega bo‗lish huquqini qo‗lga kiritdi. Birinchi jahon urushida eng katta Millatlar ligasi yordamida g‗olib davlatlar tomonidan Germaniya va Rossiya o‗rtasida Fransiya va Angliya davlatlari ta‘sir doirasida bo‗lgan bir guruh davlatlardan iborat ―sanitar kordon‖ tashkil etildi va bu bilan ikki yirik davlatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqalariga chek qo‗yildi. Ikkinchi jahon urushi Versal tinchligiga chek qo‗ydi. Urushning barcha qiyinchiliklarini sobiq Ittifoq o‗z bo‗yniga oldi, lekin ushbu urushdan u harbiy va geosiyosiy jihatdan mustahkam bo‗lib chiqdi. O‗z tarixida birinchi marta Rossiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling