«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet283/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

303 
biologik jarayon bo‗lib, insonni atrof-muhit bilan o‗zaro ta‘sirida uning hayot 

faoliyatini buzilishi yoki butunlay to‗xtashi bilan bog‗liqdir.


Inson kasalliklari turli-tuman bo‗lishi bilan birga, ularni keltirib chiqaruvchi 
sabablar ham turlichadir. Shu jihatdan, ularni o‗rganish va bu boradagi bilimlarga
ega bo‗lish kasalliklarning tarqalishini bartaraf etishda katta amaliy ahamiyat kasb 
etadi.
Avvalambor, inson kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o‗rganish juda 
muhim masalalardan biridir. Ammo, shu bilan birga, kasalliklarning hududiy
tarqalishi qonuniyatlarini ochib berish kelajakda paydo bo‗lishi (tarqalishi) 
mumkin bo‗lgan kasalliklar areallarini aniqlash ham dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. 
Inson kasalliklarining kelib chiqishi obyektiv omillar bilan chambarchas
bokliq. Bunda, eng avvalo, insonni o‗rab olgan atrof-muhitning bosh rolini alohida 
ta‘kidlash
kerak.

Binobarin,


Y.N.Pavlovskiyning 
parazitar
(yuqumli) 
kasalliklarning tabiiy o‗choqlari haqidagi g‗oyasi (bilimlari) bir qator inson va
hayvon kasalliklarining geografik tarqalishi va evolutsiyasi haqida ilmiy 
asoslangan xulosalar olish imkonini berdi.
Nozogeografik tadqiqotlarda nafaqat kasalliklarning kelib chiqishi yoki 
ularning tarqalishi qonuniyatlari, balki nozokomplekslar, nozoareallarni aniqlash,
tadqiq etish muhim masalalardan biridir. Ammo amalda bunday nozoareallar, 
ayniqsa, nozokomplekslarni aniqlash murakkab va tadqiqotchidan chuqur
epidemiologik bilimlarni ham talab qiladi. 
Nozokompleksni bir qator bo‗g‗inlarni (komponentlarni) o‗z ichiga olgan bir
butun tizim sifatida tushunilishi mumkin. Ushbu bo‗g‗inlarning har biri o‗zaro 
bevosita aloqadorlikka ega. Ulardan birortasining o‗zgarishi darhol boshqasiga o‗z
ta‘sirini ko‗rsatadi. Inson kasalliklaridan birortasiga mansub bo‗lgan 
nozokompleks bir tomondan, kasallikni vujudga keltiruvchi (chaqiruvchi) shart-






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling