IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
354
nomi
zaxirasi
yillik qazib
chiqarish hajmi
yilga yetishi
1
AQSh
oltin
8 133,5 t
?
34,3
2
Germaniya
qo‘ng‘ir ko‘mir
80 mlrd t
169 mln t
?
3
Rossiya
?
32,6 trln m
3
641 mlrd m
3
50,8
4
Saudiya Arabistoni
neft
268,4 mlrd brl
3
583 mln t
?
5
O‘zbekiston
neft
629 mln brl
?
33,3
№
_
5
. Buyuk Britaniya aholisi 2018-yil bo‘yicha, 66.4 mln kishini tashkil
etdi. Mamlakatda mavjud qo‘ng‘ir ko‘mir zaxiralari 190 mlrd tonnani tashkil etsa,
tabiiy resurslar bilan ta‘minlanganlik darajasi holatida aholi jon boshiga qanchadan
qo‘ng‘ir ko‘mir to‘g‘ri keladi?
I.2. Yer resurslarini sifat jihatidan qiyosiy baholash
Yer resurslari – bu ma‘lum bir davlat, viloyat, joy, mintaqa yoki materiklar
hududidagi tabiiy-tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadigan, aniq bir xo‘jalik
maqsadlarida muntazam foydalanib kelinayotgan yoki shu maqsadlarda
foydalanish uchun yaroqli yerlar hisoblanadi.
Yer yuzining bir xilda emasligi
ma‘lum. Uning xususiyatlaridan esa tuproq unumdorligi, hosildorligi kelib chiqadi.
Tuproqlarning o‘simliklarni hosil beradigan darajada suv va moddiy ozuqalar bilan
ta‘minlay olish xususiyatiga – hosildorlik deyiladi. Tuproqning hosildorligi uning
fizik, kimyoviy va biologik xossalariga bog‘liq bo‘ladi va u tuproq bonitirovkasini
keltirib chiqaradi.
Yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholash tuproq bonitirovkasi deb
ataladi. Tuproq bonitirovkasi tuproq hosildorligiga qarab belgilanadi va, odatda,
3
brl – barrel, neft o‘lchov birligi. 1 barrel deyarli 159 kg og‘irlikka teng
Do'stlaringiz bilan baham: |