IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
374
№
_
38.
Vatikanning o‘rtacha aholi soni 1 000 kishini tashkil etgan holda,
2017-yilda bu ko‘rsatkich 842 kishiga teng bo‘ldi. Yuqoridagilardan foydalanib,
1970-yilda, taxminan, Vatikan aholi qanchani tashkil qilganligini aniqlang.
II.3.2. Aholining tabiiy ko‟payishi
Aholi ko‘payishi 2 xil bo‘ldi: tabiiy va mexanik. Ular o‘ziga xos jarayonlar
hosilasi hisoblanadi. Xususan, tabiiy ko‘payish tabiiy ijtimoiy-biologik jarayon
bo‘yicha, tug‘ilganlar sonining o‘lganlar sonidan ortiqligi bilan aniqlanadi:
K
↑
= T
k
- Ǒ
k
Bu yerda,
K
↑
= tabiiy ko‘payish;
T
k
= tug‘ilish koeffitsiyenti;
Ǒ
k
= o‘lim koeffitsiyenti.
Aholining tabiiy ko‘payishi, ko‘p hududlarda ijobiy jarayon bo‘lib, tabiiy
takror barpo bo‘lishning tadrijiy vertikal o‘zgarishi sifatida kelajak avlod naslini
davomchisi, ishlab chiqaruvchi kuch, o‘ziga xos mehnat resursi, jamiyatning
rivojlanishiga xissa qo‘shadigan ijtimoiy birlik bo‘lsa, ikkinchi tarafdan, ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni ortiqcha ―yeb qo‘yuvchi og‘iz‖lar hisobladi. Tabiiy
ko‘payish aholisi depopulyatsiya bosqichidagi mamlakatlarda rag‘batlantirilsa,
aholisi ancha ko‘p davlatlarda tug‘ilishni cheklashga doir demografik siyosat
qo‘llaniladi.
№
_
39.
O‘zbekistonda 2017-yil bo‘yicha, tug‘ilish koeffitsiyenti 21,9 ‰,
o‘lim koeffitsiyenti esa 4,9 ‰ ni tashkil etgan bo‘lsa, aholining tabiiy ko‘payish
ko‘rsatkichini qanchani tashkil qiladi?
Yechish.
Ushbu ifodani hisoblash har 1000 kishiga nisbatan olingan
koeffitsiyentlar orqali amalga oshiriladi:
tug‘ilish koeffitsiyenti (T
k
) – 21,9 ‰
Do'stlaringiz bilan baham: |