«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil yechish uchun topshiriqlar: № _ 32.
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 371 II.3. AHOLI SONI VA DINAMIKASI
G
o‟k = 1000 = = 0,00799 ∙ 1000 = 7,99 ≈ 8 ‰ Javob : AQShda go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti 8 ‰ ga teng, bu esa tug‘ilgan har mingta go‘dakdan 8 tasi bir yoshga yetmay vafot etishini ifodalaydi. Mustaqil yechish uchun topshiriqlar: №
_ 32. Eron Islom Respublikasining 2018-yil bo‘yicha, 81.6 mln kishini tashkil qilgan. Shundan bir yoshgacha bolalar soni 1 648 000 tani, bir yoshga yetmay vafot etgan go‘daklar soni esa 29 664 tani tashkil etsa, go‘daklar o‘limi koeffitsiyentini aniqlang. №
_ 33. ―…Aholisining soni 2018-yil bo‘yicha 126.5 mln kishini, tug‘ilish koeffitsiyenti 8 promillega teng bo‘lgan. Shu bilan birgalikda, umumiy aholi tarkibida bolalar – 14 yoshgacha bo‘lganlar – salmog‘i eng past (12%) ko‘rsatkichga ega‖ mamlakat qaysi? № _ 34. Shvetsiya aholisining soni 2017-yil bo‘yicha, 9 913 430 kishini tashkil etdi. Agar mamlakatda tug‘ilish koeffitsiyenti 1 ‰, go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti esa 3 promilleni tashkil etganligidan foydalanib, bir yoshga yetmay vafot etgan bolalar sonini aniqlang. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 371 II.3. AHOLI SONI VA DINAMIKASI Ma‘lumki, insoniyat paydo bo‘lgandan buyon aholi soni ko‘payib, ayrim yillari kamayib, qisqasi, doim o‘zgarishda bo‘lib kelgan. Ibtidoiy jamiyat bag‘rida feodal ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Dunyoda sivilizatsiya markazlari paydo bo‘ldi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil topa boshladi. Sodir bo‘lgan ijtimoiy–iqtisodiy o‘zgarishlar aholi o‘rtasida o‘lim hollarining kamayishiga, o‘rtacha umr ko‘rish muddatining bir muncha uzayishiga sabab bo‘ldi. Natijada, dunyo aholisining soni ko‘paya boshladi. Qadimgi Misrda fir‘avnlar davrida 7 million, Vavilonda esa 4–5 million aholi yashaganligi ma‘lum. Eramizning boshida dunyo aholisi 200–250 millionni tashkil etgan hamda ularning 50 millioni Rim imperiyasida istiqomat etgan. Aholining yana 40–50 million nafari esa Xitoy va Hindiston hududlarida yashagan. Shimoli–g‘arbiy Yevropada esa aholi juda kam 1 million atrofida bo‘lganligi qayd etiladi. O‘rta asrlarda ham dunyo aholisining soni ko‘payib bordi. Lekin aholining ko‘payish sur‘ati nisbatan sekin bo‘lgan. Birinchi ming yillikning oxirida dunyo aholisining soni 250–300 millionni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi ming yillikning o‘rtalarida bu ko‘rsatkich 400–500 millionga yetgan. Jumladan, Osiyoda – 250 million, Yevropada 65–80 million, Amerikada 30–50 million, sobiq SSSR hududida esa 15–20 million aholi istiqomat etgan. Ushbu davrda ba‘zi davrlarda bosqinchilik, urushlar, xo‘jaliklar izdan chiqishi natijasida aholi sonining kamayib ketganligi ham kuzatiladi. Aholi soni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti davomida o‗sib kelgan. Masalan, eramizning boshlarida 230 mln, 1000-yilda 305 mln, 1500-yilda 440 mln, 2018-yilda esa 7,62 mlrd kishiga yetgan. Oxirgi ming yillikda aholining ikki baravar ko‗payishi uchun 600 yil kerak bo‗lgan bo‗lsa, ikkinchi marta ikki baravar ko‗payishi uchun 230 yil, uchinchisiga 100 yil va to‗rtinchisiga 40 yil kerak bo‗lgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling