IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
379
davrdagi mavjud aholi sonidan o‘tgan davrdagi aholi soni ayiriladi hamda necha
kishiga ko‘paygani yoki kamaygani kelib chiqadi, ya‘ni bu ko‘rsatkich
quyidagicha hisoblanadi:
S = S
- S
Bu yerda,
S = aholining mutloq o‘sish ko‘rsatkichi;
S
= o‘tgan davrdagi aholi soni;
S
= joriy davrdagi aholi soni.
№
_
51.
O‘zbekiston aholisining soni 2017-yil 1-yanvar bo‘yicha 32 121 100
kishini, 2018-yil 1-yanvar bo‘yicha esa 32 653 900 kishini tashkil etsa, ikki muddat
oralig‘ida aholi soni qanchaga ko‘payganligini toping.
Yechish.
Ushbu ko‘rsatkichlar mutloq sonlar bilan ifodalanadi hamda
quyidagicha ishni bajarish tartibi amalga oshiriladi:
joriy yildagi aholi soni (S
) – 32 653 900 kishi;
o‘tgan davrdagi aholi soni (S
) – 32 121 100 kishi;
formula asosida hisoblanadi:
S = S
- S
= 32 653 900 – 32 121 100 = 532 800 kishi
Javob:
2017 – 2018-yillar oralig‘ida aholi soni 532 800 kishiga ko‘paygan.
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:
№
_
52.
Xitoy aholisi 1955-yilda 615 mln, 2018-yil 1 mlrd 394 mln kishini
tashkil qilgan bo‘lsa, aholi soni qanchaga ko‘paygan?
№
_
53.
Hindiston aholisining soni 1900-yilda 239 mln kishini tashkil etib,
2018-yilgacha, ya‘ni 118 yil ichida 1 mlrd 132 mln kishiga ko‘paygan bo‘lsa,
2018-yil aholi soni qanchaga yetgan?
№
Do'stlaringiz bilan baham: |