IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
426
bo‘ladi. Quyida 2012-yil bo‘yicha, O‘zbekiston sanoat tarkibi misolida doiraviy
diagrammaning ifodalanishi keltirilgan.
O‘zbekiston sanoati uzoq yillar davomida shakllanib, o‘zgarib, taraqqiy etib
kelgan. Vaqt o‘tgani sayin uning tarkibi va ehtiyojiy xususiyati o‘zgarib kelgan.
Xususan, 2012-yil bo‘yicha YaSM quyidagicha ko‘rinishga ega:
elektroenergetika sanoati – 7,7 %;
yoqilg‘i sanoati – 18,0 %;
qora metallurgiya sanoati – 2,6 %;
rangli metallurgiya sanoati – 10,0 %;
kimyo va neft-kimyo sanoati – 5,5 %;
mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati – 17,5 %;
selluloza-qog‘oz, o‘rmon va yog‘ochni qayta ishlash sanoati – 1,3 %;
qurilish materiallari sanoati – 5,5 %;
yengil sanoat – 12,9 %;
oziq-ovqat sanoati – 13,2 %;
boshqa sanoat tarmoqlari – 5,8 %.
Yuqoridagi tarkibni doiraviy diagrammada ifodalash uchun quyidagi ishlar
amalga oshiriladi:
tarmoqlar takibining ulush jihatidan tarkibi aniqlanadi;
doiraning gradus hisobidagi ifodasi aniqlanadi - 360°;
har bir tarmoqning ulushi foizda ifodalangan bo‘lib, uni doiraviy
diagrammada ifodalash uchun gradus birligiga o‘tkaziladi:
a)
I yo‟nalish
. Har qanday aylana 360° ga teng va uni ifodalash uchun
transportirdan foydalaniladi. Foiz bo‘yicha tarkib mutloq holatda 100 % ni tashkil
etadi. Demak, 1 % qiymat necha gradusga teng ekanligini aniqlash uchun quyidagi
ish amalga oshiriladi.
1) oddiy usul:
Do'stlaringiz bilan baham: |