«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
497 tuzilishiga bog‘liq holda sinfiy kuchlarning joylashishi masalalarini o‘rganuvchi geografik fandir‖. Siyosiy geografiyaning tadqiqot obyekti – hududiy siyosiy tizimlar hisoblanadi. Uning predmeti esa muayyan mamlakat yoki butun jahon miqyosida jamiyatning siyosiy-hududiy tashkil etilishini, o‘rganishdan iborat. Shuningdek, bu fan davlatlar va ularning chegaralari (limologiya), davlat tuzumi, mamuriy- hududiy tuzilishi, mamlakat doirasida siyosiy partiya va kuchlarning joylanishi, hududiy tarkibini o‘rganadi. So‘nggi yillardagi jahon hamjamiyati va geosiyosiy tizimidagi muhim o‘zgarishlar hamda davlatlararo tashkil etilgan harbiy-siyosiy uyushma yoki ittifoqlar siyosiy geografiya tadqiqot predmetini yanada kengaytirmoqda.Siyosiy geografiyada siyosiy xarita va undan foydalanish asosiy jihatlardan hisoblanadi. Siyosiy xarita deb jahondagi yoki uning qaysidir qismidagi davlatlarning ma‘lum bir tarixiy davrdagi holati aks etgan xaritaga aytiladi. Siyosiy xaritaning ahamiyati shundan iboratki, u mamlakatlarning xalqaro miqyosda tutgan o‘rni, ichki siyosiy - ma‘muriy tuzilmalarni o‘zida aks ettiradi. Aslida, har qanday mamlakat va xalqlarning butun hayoti ularning siyosiy chegaralari, belgilangan o‘z hududlarida o‘tadi. Har bir mamlakatning ma‘lum bir chegara doirasida ega bo‘lganligi dunyoning siyosiy kartasini keltirib chiqaradi. Shunday ekan, jahon siyosiy kartasining shakllanishi uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo‘lib, u kishilik jamiyati rivojlanish bosqichlarini o‘zida aks ettiradi. U asrlar davomida o‘zgarib, davlatlarning paydo bo‘lishi yoki parchalanishi, chegaralarining o‘zgarishi, yangi yerlarning kashf qilinishi hamda mustamlakaga aylantirilishi, metropoliya va mustamlakalarning paydo bo‘lishi, dunyoni bo‘lib olish va qayta taqsimlanishni o‘zidi aks ettiradi va ularga bog‘liq holda shakllanadi. Jahon siyosiy xaritasida 227 ta davlat mavjud bo‘lib, ularning 149 tasi republika, 45 tasi monarxiya, 9 tasi mustamlaka, 3 tasi maqomi noma‘lum va 21 tasi boshqa shakldagi mamlakatlardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling