Nosirjon uluqov lobar abduhamidova zniitq macfaniyati taCqin va tafiCiCCari
Download 410.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Nutq madaniyati. Uluqov.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soz - borliq (Abu Nasr Farobiyning nutq madaniyatiga doir qarashlari) X asrning qomiusiy allomasi Abu
Nazorat uchun savollar:
1. Muqaddas manbalarda munofiqning nechta alomati keltiriladi? 2. Qaysi holatda yeb-ichmoqdan tiyilmoqlikning hojati yo'qligi aytiladi? 3. Til bilan bog'liq qaysi illat og'ir gunohlar bilan tenglashtiriladi? 4. Muqaddas kitoblarda salomlashishning qanday qoidalari keltiriladi? 5. Qaysi amal eng yaxshi amal sifatida e’tirof etiladi? 6. Madaniy nutqning asosiy sifatlari qaysi? So'z - borliq (Abu Nasr Farobiyning nutq madaniyatiga doir qarashlari) X asrning qomiusiy allomasi Abu Nasr Farobiyning zamondoshlari, universal bilimga ega bo'lgani bois, “Sharq Aristoteli” deb ataganlar. Islom Karimov Jahon notiqlik san’ati tarixida Yimoniston va Rim notiqlik maktablari alohida o'rinni egallaydi. Ulaming tajribalari o’rta asr va keyingi davr notiqligining rivojlanishida katta rol o'ynadi. O 'rta Osiyoda notiqlik san’atining asosi juda qadim davrlarga borib taqaladi. Mahmud Koshg'ariyning “Devoni lug'otit-turk” asarida nutq odobiga oid qimmatli m a’lumotlar uchraydi. “Ardam bashi - til” degan maqol keltiriladi unda. Ardam hunar, fazilat degan m a’nolami anglatsa ham, “odob” so'ziga yaqinligini anglab olish qiyin emas. Demak, til odobi - inson m a’naviyati va kamolotida yetakchi mezon deb uqtirilmoqda.1 O 'rta Osiyoda notiqlik san’ati - voizlik, notiqlar - voiz, nutq esa va’z deb atalgan. Bu hudud IX-XV asrlarda dunyo madaniyati taraq-qiyotiga shunday allomalami yetishtirib berdiki, ular tomonidan yaratil-gan tafakkur mahsuli asrlar o'tsa ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. O 'rta asr ilm-fani, madaniyati Muhamad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug' siymolaming nomlari bilan xarakter-lanadi. O 'rta Osiyoninggina emas, balki Yaqin va O 'rta Sharqning mash-hur mutafakkiri Abu Nasr Farobiy IX-X asrlarda yashab ijod etgan. U ilmning turli sohalarini mukammal bilgan va ular haqida o'z fikrlarini yozib qoldirgan. Jumladan, nutq odobi va madaniyatiga doir fikrlari ham qimmatlidir. “Ilmlaming kelib chiqishi to'g'risida”gi asarida ilmlami turlarga bo'lar ekan, til ihxii va grammatikani alohida ajratib ko'rsatadi: "Qanday qilib ta 'lim berish va ta ’lim olish, fikrrti qanday ifodalash, bayon etish, qanday so'rash va javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqdagi ilmlaming eng birinchisi, jismlarga, y a 'ni substantsiya va aktsidentsiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdirdeb tasdiqlayman”} Alloma grammatika ilmi borasida ham o 'z fikrlarini bildirib, uning nutq tuzilishini o'rgatadigan ilm ekanligiga e’tibomi qaratadi: “Ikkinchi ilm grammatikadir: и jismlarga berilgan ism (nom) lam i qanday tartibga solishni hamda substantsiya va aktsidentsiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijalami ifodalovchi hikmatli so'zlam i va nutqni qanday tuzishni o'rgatadi”. (179-bet) Har qanday ilmiy yoki adabiy merosning umrboqiyligini ta ’minlovchi omil ulaming muayyan millat yoki xalq taqdiri uchungina emas, umumbashariyat taqdiri uchun xizmat qilishidadir. Shunday qarashlar borki, ular zamon va makon chegarasini bilmaydi. Abu Nasr Download 410.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling