Nosirjon Uluqov


Download 493 Kb.
bet28/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

Savol va topshiriqlar:

  1. Tillar tasnifi deganda nimani tushunasiz?

  2. Tillar tasnifining qanday turlari bor?

  3. Tillar hozirda qo‘llanish-qo‘llanmasligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  4. “Tirik” va “o‘lik” til tushunchalarini izohlang.“O‘lik til” va “tirik til” terminlarini izohlang. O‘lik tillar ro‘yxatini tuzing. Ularni bunday tillar guruhiga kiritilishi sabablarini izohlang.

  5. Tillarning genealogik tasnifi qanday tamoyillarga asoslanadi?

  6. Qanday tillar qarindosh tillar hisoblanadi?

  7. Til oilasi tushunchasini izohlang.

  8. Dunyodagi tillar genealogik tasnifga ko‘ra qanday til oilalariga ajratiladi?

  9. Turkiy tillar oilasi haqida ma’lumot bering. Turkiy tillar oilasiga mansub tillarning tarqalish areallarini aniqlang.Turkiy tillar oilasining tarqalish areallari” nomli xarita tuzing.

  10. O‘zbek tili qaysi tillar bilan bir guruhga kiradi? Nima uchun?

  11. O‘zbek tili qaysi tillar bilan qarindosh hisoblanadi? Buni izohlang.

  12. Bobotil tushunchasini, turkiy tillar oilasi uchun asos bo‘lgan bobotilning xususiyatlarini izohlang.

  13. Tillarning tipologik (morfologik) tasnifi deganda nimani tushunasiz?

  14. Flektiv til, agglyutinativ til, o‘zak (ajratuvchi) til, polisintetik til terminlarini izohlang?

  15. O‘zbek tili tillarning tipologik (morfologik) tasnifiga ko‘ra qanday tillar sirasiga kiradi? Dalillar asosida izohlang.



Tilning fonemalar tizimi. Fonema nazariyasi tarixidan
(4-mavzu)

  1. Fonetik-fonologik sathning o‘ziga xosliklari.

  2. Fonema. Fonemaning vazifasi.

  3. Fonema variantlari.

  4. Fonema nazariyasi.

  5. O‘zbek tili fonologiyasi.

Savol va topshiriqlar:

  1. Fonetik-fonologik sath tushunchasini izohlang.

  2. Fonema nima? Fonema qanday til birligi?

  3. Fonema va tovush terminlarini izohlang.

  4. O‘zbek tili fonemalar tizimini tavsiflang.

  5. Fonema variantlari deganda nimani tushunasiz?

  6. O‘zbek tilida qaysi fonemalarning variantlari mavjud? Izohlang.

  7. Fonologiya qanday soha?

  8. Qanday fonologik nazariyalar bor?

  9. O‘zbek tili fonologiyasini kimlar o‘rgangan?



Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling