Nosirjon Uluqov
Download 493 Kb.
|
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Universitetlarning 5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma Toshkent – 2019
- Taqrizchilar: Abdulhay Sobirov, filologiya fanlari doktori, professor Huriniso Usmonova, filologiya fanlari doktori, professor So‘zboshi
- Tilshunoslik nazariyasi” fаnining maqsad va vazifalari
Nosirjon Uluqov Tilshunoslik nazariyasi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI Nosirjon Uluqov Tilshunoslik nazariyasi (amaliy va seminar mashg‘ulotlari) Universitetlarning 5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma Toshkent – 2019 UO‘K: 81’1(075.8) KBK 81.20O‘zb-923. U-45. N.Uluqov. Tishunoslik nazariyasi (amaliy va seminar mashg‘ulotlari). O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2019. – 83 b. O‘quv qo’llanma universitetlarning 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (o‘zbek tili) yo’nalishi 1-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda «Tilshunoslik nazariyasi» fani bo’yicha amaliy mashqlar, nazorat savollari hamda ularning bajarish yuzasidan ayrim tavsiyalar, mustaqil ish topshiriqlari, referat mavzulari, fanga oid terminlar izohli lug’ati, adabiyotlar ro’yxati berilgan. Taqrizchilar: Abdulhay Sobirov, filologiya fanlari doktori, professor Huriniso Usmonova, filologiya fanlari doktori, professor So‘zboshi O‘quv qo‘llanma tilshunoslik sоhаsining o‘zigа хоs хususiyatlаriga, fаnlаrаrо uzviylik vа uzluksizlikni tа’minlаshgа e’tibоr bеrildi, mаvzulаrni rejalashtirishda mаntiqiy kеtmа-kеtlikka, оddiydаn murаkkаbgа, хususiylikdаn umumiylikkа o‘tib bоrish tаmоyillаrigа riоya etildi. “Tilshunoslik nazariyasi” fani bo‘yicha Sh. Karimovning chet tillar instituti va pedagogika institutlarining chet tillar fakultetlari uchun “Тилшуносликка кириш” курсидан практикум” (Тошкент: Ўқитувчи, 1987), R. Qo‘chqortoyeva-ning filologiya fakultetlari uchun “Тилшуносликка кириш” курсидан машқлар” (Тошкент: Ўқитувчи, 1989) nomli kirill yozuvidagi qo‘llanmalarini e’tiborga olmaganda so‘nggi chorak asrda amaliy va seminar mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma yaratilmadi. Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma ana shu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida yaratildi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma kirish, amaliy mashg‘ulotlar, seminar mashg‘ulotlari, mustaqil ish topshiriqlari, glossariy kabi qismlardan iborat. Amaliy va seminar mashg‘ulotlari mavzulari va ularga ajratilgan o‘quv soatlari DTS, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari asosida izchilik, mantiqiylik tamoyillari asosida belgilandi hamda rejalashtirildi. “Amaliy mashg‘ulotlar” nomli qismda dars mavzulariga mos tarzda nazorat uchun savol va topshiriqlar, mashqlar berildi. Mashqlar uchun matn tanlashda ma’naviy-ma’rifiy tomonlarga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Qo‘llanmaning “Seminar mashg‘ulotlari” nomli qismida har bir mavzu uchun mukammal reja, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan tayanch so‘z va iboralar, ko‘rsatmalar berildi. Har ikki mashg‘ulotlarga tayyorlanish uchun tilshunoslik sohasidagi eng so‘nggi adabiyotlar: darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, lug‘atlar, ilmiy maqolalar va internet manbalarini e’tiborga olingan holda asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar tavsiya etildi. “Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari” bo‘limida mavzular, ularning rejalari va olingan bilimlarni sinovdan o‘tkazish uchun nazorat savollari hamda topshiriqlar tavsiya etildi. Qo‘llanma oxirida mashg‘ulotlarga tayyorlanishga nazariy va amaliy yordam berish maqsadida terminlar lug‘ati ham berildi. “Tilshunoslik nazariyasi” fаnining maqsad va vazifalari “Tilshunoslik nazariyasi” kursi talabalarni o‘rta maktabda olgan tilshunoslikka oid bilimlarini umumlashtirish, boyitish, doirasini kengaytirish asosida ularni keyingi kurslarda o‘qitiladigan tilshunoslikning u yoki bu sohasiga oid fanlarga tayyorlaydi. Fanni o‘qitishning asosiy maqsadi tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanishi, taraqqiyoti, til sathlari, dunyo tillari va turkiy tillar tavsifi hamda tasnifi, til strukturasi haqida ma’lumot berishdir. “Tilshunoslik nazariyasi” fanining vazifalari quyidagi-lardan iborat: – talabalarni o‘rta maktabda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tilshunoslik fani bo‘yicha olgan bilimlarini nazariy va amaliy jihatdan boyitish; – til va jamiyat, tilning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, tilshunoslik fani, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, predmeti va sohalari, tarmoqlari, fanlar tizimidagi o‘rni haqida bilim berish; – tilning fonetik-fonologik, leksik, grammatik sathiga oid nazariy-amaliy masalalar yuzasidan bilimlar berish; – dunyo tillari, tillarning o‘zaro hamkorligi, tillar taraqqiyoti, tillar tasnifi, til oilalari haqida ma'lumot berish; – talabalarni tilshunoslik fani bo‘yicha keyingi kurslarda o‘qitiladigan fanlarga nazariy jihatdan tayyorlash. Download 493 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling