Nosirjon Uluqov
Download 493 Kb.
|
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)
Islom Karimov
2-mashq. Jahon allomalarining til haqidagi hikmatli so‘zlarini o‘qing. Ular asosida tilning vazifasi, qudrati, xalq, jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida fikrlashing. Til millionlarcha avlodlar tomonidan yaratilgan tirik jondir. (A. N. Tolstoy) Til madaniyat bilan birgalikda yuksaladi. (A. N. Tolstoy) Tilsiz na shaxs, na xalq o‘zining fikrtuyg‘ularini boshqa-larga o‘tkazolmaydi, ayniqsa, kelajak avlodga qoldirolmaydi. (X. Abovyan) Til boyligi tafakkur boyligidir. (N. M. Karamzin) Til – tafakkur quroli… Tilga palapartish munosabat palapartish, noaniq, taxminiy, ehtimol bilan fikrlash demakdir. Tildagi ravshanlik ravshan fikr natijasidir, ravshan fikr, turgan gapki, ravshan ifodani talab etadi. (V. Libknext) Xalq tili qanchalar jozibali! Ham tashbehli, ham ta’sirchan, ham jiddiy. (L. N. Tolstoy) Til insoniyat jamiyati buyuk ishlab chiqarish faoliyatining samarasidir. U tinimsiz mehnat harakatlari, imo-ishoralari va ulardan paydo bo‘lgan ruhiy g‘ayrat-shijoat-ning billur qotish-masidir. (A. N. Tolstoy) Xalq tili hamisha milliy ruh bilan chambarchas bog‘langan. (V. Gumboldt) Til – millatning qalbi. Til g‘oya, tuyg‘u, tafakkurning jonli mujassamidir. (A. N. Tolstoy) Til – bu xalqning tarixi. Til – bu taraqqiyot va madaniyat bosib o‘tgan yo‘l…(A.I. Kuprin) Til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan.(A.P. Chexov) Til – bamisoli cholg‘u asbobi: ehtimol g‘ijjakdan ham nozik va murakkabdir. Yana shuni aytish lozimki, tilni ham, g‘ijjak ham yuzaki bilishga toqat qilib bo‘lmaydi. (P. Y. Vyazemskiy) 1 Ona tili shu qadar sohir va ilohiy qudratki, uning siyratiga yashiringan sinoatlarni batamom inkishof etmoq uchun inson aqlining sinchilik salohiyati ojizlik qiladi. (Nizomiddin Mahmudov) Til muqaddas va muhtasham qudrat, sir-u sinoatli, noz-u nazokatli navo, millat degan birlikning tamal toshi, u boy berilsa, millat boy beriladi. (Nizomiddin Mahmudov) Download 493 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling