Nosirjon Uluqov


-mashq. Matnni o‘qing. Matn asosida tilning ijtimoiy hodisaligini, boshqa hodisalardan farqini tushuntiring. Alibek Rustamov


Download 493 Kb.
bet5/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

3-mashq. Matnni o‘qing. Matn asosida tilning ijtimoiy hodisaligini, boshqa hodisalardan farqini tushuntiring.
Alibek Rustamov
Erdam boshi til
Erdam boshi til” Mahmud Koshg‘ariyning lug‘atida qayd etilgan juda qadimiy maqoldir. Bu maqoldagi “Erdam” so‘zi “adab” va “odob” so‘zlarning turkiy muqobilidir. Ajdodi-miz mana shu, maqolga va “ummu-l-ulum”, ya’ni ilmlarning onasi degan iboraga asoslanib, hamma ilmlarning onasi degan iboraga asoslanib, hamma ilmlardan oldin tilni va til ilmini diqqat bilan tugal o‘rganganlar. Chunki tilni ilmiy va amaliy jihatdan mukammal egallamasdan boshqa ilm-u fanlarni asosli ravishda o‘zlashtirib bo‘lmaydi.
Til inson hayotida oddiy bir tus olganligi tufayli kishi uning qanchalik muhim ekanligini yetarli darajada anglay olmaydi. Holbuki, insonni inson qilgan, ilmu fan va iqtisod-u madaniyatni rivojlantirgan hamda dunyoni obod qilgan vositalarning asosiysi mana shu tildir. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino inson hayvondan aqli va tili bilan farq qiladi, shuning uchun insonning eng yetugi oqil va chechani degan edi. Kishilar til vositasida bir-biridan bilim va hunarni o‘rgandilar va rivojlantiradilar hamda bilim va hunar deb atalgan haqiqiy boylikni avloddan avlodga til xazinasi tufayli topshirib boradilar.
Tildagi har bir so‘z bir xazinadir. Shuning uchun Xusrav Dehlaviy
Suxani borik hamchu mo‘ dar dahon
Vale namegunjad dar du jahon”
Ya’ni:
Nozik so‘z og‘izda qil singaridir,
Lekin ikki jahonga sig‘maydi,
degan edi. Alisher Navoiy ham so‘z haqida shunday degan edi:
“…So‘z durredurkim, aning daryosi ko‘nguldir va ko‘ngul mazharedurkim, jomi-i maoniy-i juzvu quldur. Andoqkim, daryodin gavhar g‘avvos vositasi bila jilva namoyish qilur va aning qiymati javharig‘a ko‘ra zohir bo‘lur. Ko‘nguldin dag‘i so‘z durri nutq sharafiga sohib-i ixtisos vasilasi bilan guzorish va oroyish ko‘rguzur va aning qiymati ham martabasi nisbatig‘a boqa intishoru ishtihor topar. Gavhar qiymatig‘a nechukkim, marotib asru ko‘pdur, hattoki, bir diramdin yuz tumangacha desa bo‘lur.
Injuni olsalar mufarrih uchun,
Ming bo‘lur bir diramg‘a bir misqol,
Bir bo‘lur hamki, shah quloqqa solur:
Qiymati mulk ibrasi amvol.
So‘z durrining tafovuti mundin dog‘i beg‘oyatroq va martabasi mundin ham benihoyatroqdur. Andoqki, sharafidin o‘lgan bandag‘a ruh-i pok etur, qasifidin hayotliq tang‘a zahr-i halok xosiyati zuhur etur”.
Til o‘ta murakkab ilohiy bir hodisa bo‘lib, uning turli jihatlari bor. Tilning moddiy jihati tovushdir, yozuvda harf. Lekin harf tovushga nisbatan ikkilamchi hodisadir. Tabiiy tillarning hammasi tovushdan iborat bo‘lib, harf tovushning zamon va masofasini kengaytirish uchun paydo bo‘lgan belgidir.
Tovush tabiatan havo to‘lqinlaridan iborat bo‘lgani uchun u jonsiz tabiiy hodisalarga o‘xshaydi. Ammo til tovushi og‘izdan chiqib quloqqa eshitiladi. Mana shu aytilish va eshtilish jihatidan u har bir kishiga xosdir. Ammo til yakka shaxsga xos tug‘ma hodisalarga kirmaydi. Chunki til mavjud bo‘lishi uchun ko‘pchilik, jamiyat bo‘lishi shart. Masalan, kishi bolalikdan kishilar orasida o‘smasa, u umuman til bilmaydi. Kishilar orasida o‘sganda ham o‘z millatidan qati nazar qaysi xalq orasida o‘ssa, shu xalq tili uning ona tilisi bo‘ladi. Ingiliz Arabistonda katta bo‘lsa, arab tilini bilib, ingliz tilini bilmaydi. Agar arab Angliyada ulg‘aysa, ingiliz tilini bilib, arab tilini bilmaydi. Arablar orasida o‘sgan ingliz o‘z xalqining tilini o‘rganmoqchi bo‘lsa, uni chet tiliday o‘rganadi, ingilizlar orasida voyaga yetgan arab ham o‘z xalqining tilini o‘rganishni istasa, uni chet tilini o‘rganganday o‘rganadi.
Demak, til mohiyatan tabiiy hodisa ham, yakka kishiga xos hodisa ham emas ekan. Til faqat bir jihati, ya’ni tovush tomoni bilan tabiiy, yana bir jihati – nutqiy qobilyati tomoni bilan yakka shaxsga xos. Ammo mohiyat-e’tibori bilan jamiyat mahsuli bo‘lib, ijtimoiy hodisa ekan.

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling