Nosirjon Uluqov
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
Download 493 Kb.
|
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
“Tilshunoslik nazariyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: – tilning ijtimoiy mohiyati, til va jamiyat, til va tafakkur, til va nutq munosabati, tilning tizim sifatidagi ichki qurilishi, til birliklari va nutq birliklarining o‘zaro mutanosibligi, til sathlari, tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi, tilning semiotik tabiati, dunyo tillari va tillar tasnifi, til oilalariga doir masalalarini tahlil qilish usullarini bilishi kerak; – tilshunoslikning nazariy masalalari, tilshunoslik tarixi, lingvistik maktablar va bu maktablar tomonidan yaratilgan ta’limotlar mohiyati; grammatik kategoriyalar, grammatikaga oid zamonaviy ta’limotlar, semantika, semantik kategoriyalar, tillarning tipologik tasnifi, til tiplari, til tiplarining asosiy belgilari; morfologik shakllarning xilma-xilligi, tillarning morfologik tipologiyasi, morfologik tasnif, geneologik tasnif, agglyutinativ tillar, flektiv tillar, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; – “Tilshunoslik nazariyasi” ning tilshunoslikka oid nazariy va amaliy masalalarni hal qilishdagi asosiy fan sifatidagi aha-miyatini asoslash, til birliklari va nutq birliklarining o‘zaro munosabatini, tilning umumiy, nutqning xususiy hodisa ekanligini yoritish; nutqiy imkoniyatlar, nutq faoliyati, og‘zaki va yozma nutq, nutq faoliyati va so‘zlash jarayonini o‘rganishda psixologik tilshunoslikning usullarini bilish, til – tafakkur – nutq munosabati anglash; lingvistik tahlil metodlaridan foydalanish, lingvogenetik, areal, tipologik, distributiv, transformatsion tadqiqot metodlarini amalda tatbiq qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi “Tilshunoslik nazariyasi” asosiy ixtisoslik fanlaridan biri bo‘lib, 1-, 8-semestrlarda o‘qitiladi. “Tilshunoslik nazariyasi” dasturini amalga oshirish o‘quv rejasiga kiritilgan “Turkiy filologiyaga kirish”, “Sotsiolingvistika”, “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”, “Falsafa” fanlarida o‘rganila-digan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi. “Tilshunoslik nazariyasi” fani turkologiya, adabiyot-shunoslik, tarix, falsafa, sosiologiya, mantiq, fiziologiya, ruhshunoslik fanlari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Download 493 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling