(Адиблар одобидан адаблар. – Тошкент:
Маънавият, 2003. – Б. 12-20.)
9-mashq. Quyidagi jadvalni to‘ldiring. Til va tafakkur birliklarini o‘zaro qiyoslash asosida izohlang.
-
10-mashq. Quyida berilgan so‘zlar ifodalayotgan tushun-chalarni aniqlang. Ularni mantiq va til nuqtai nazaridan qiyoslang.
Vatan, erk, mustaqillik, tinchlik, obod, zamin, ko‘k, baxt, vijdon, do‘st, mehr, mehmon, mehmondo‘stlik.
11-mashq. Quyida gaplar orqali ifodalayotgan fikr va hukmni hamda shu asosida til va tafakkur aloqadorligini izohlang.
1. Millatning kelajagi onalar qo‘lidadir. (O.Balzak) 2. Ilm insoniyat gavharidir. (Mirzo Bedil) 3. Beshikdan qabrgacha ilm izla. 4. Ilm najot va saodat kalitidir. (Hadis) 5. Ilm dunyoning izzati. (Hadis) 6. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. (Abdulla Avloniy)
12-mashq. Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliyning “Ilmlar o‘zaro bog‘liq hamda bir-birining ko‘makchisidir” degan hikmatli so‘zining mazmunini til va mantiq fanlari misolida tushuntiring.
Tilning semiotik tabiati. Til – belgi (ramz)lar tizimi
(4-, 5-amaliy mashg‘ulotlar)
Reja
Belgi, ramz haqida tushuncha.
Belgining turlari.
Lingivistik belgi va uning xususiyatlari.
Til – belgilar tizimi.
Semiotika va u o‘rganadigan masalalar.
Tilshunoslik va semiotika fanlari bog‘liqligi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
Belgi (ramz) deganda nimani tushunasiz?
Belgilar vazifasi va mohiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Lingivistik belgi deganda nimani tushunasiz?
Lingivistik belgi boshqa belgilardan nimasi bilan farqlanadi?
Nima uchin til belgilar tizimi?
Semiotika qanday soha?
Tilshunoslik va semiotika fanlari bog‘liqligini izohlang.
Til mohiyatiga ko‘ra nima? Izohlang.
Til vazifasiga ko‘ra nima?
Tilning vazifalarini izohlang.
Tilshunoslik fanining soha va bo`limlari haqida ma’lumot bering.
13-mashq. Quyidagi jadvalni to‘ldiring va izohingizni dalillar asosida tushuntiring.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |