Nosirjon Uluqov
Download 493 Kb.
|
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Amaliy mashg‘ulotlar
------------------------------------------------ Tilning ijtimoiy tabiati. Til – ijtimoiy hodisa. Tilning vazifalari (1-amaliy mashg‘ulot) Reja Tilning ijtimoiy tabiati va vazifalari. Til va jamiyat. Til – ijtimoiy hodisa. Sotsiolinvistika va u o‘rganadigan masalalar. Nazorat uchun savol va topshiriqlar: Aloqa vositalari deganda nimalarni tushunasiz? Kishilar o`zaro fikrlashuv jarayonida qanday aloqa vositalaridan foydalanadilar? Asosiy aloqa vositalariga nimalar kiradi? Yordamchi aloqa vositalarini izohlang. Til va jamiyat o`rtasida qanday bog`liqlik bor? Nima uchun til jamiyatdagina shakllanadi? Ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz? Til nima uchun ijtimoiy hodisa hisoblanadi? Til ijtimoiy hodisa sifatida boshqa hodisalardan qanday farqqa ega? Insoniyat tarixiy takomilida tilning o`rni qanday? Sosiolinvistika qanday soha? U qanday masalalarni o‘rganadi? Til qanday vazifalarni bajaradi? Til nima uchun eng muhim aloqa vositasi sanaladi? 1-mashq. Quyidagi til, ona tili haqidagi hikmatli so‘z-larni o‘qing. Ular asosida tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi xususiyatlarini izohlang. Inson tabiati, fe’l-atvori go‘dakligidan shakllanar ekan, milliy dunyoqarash ham bola vujudiga ona suti bilan kiradi. Mana shunga alohida e’tibor berishingizni iltimos qilmoqchiman: tabiiyki, ona allasi faqat chaqaloqning orom olishi uchungina aytilmaydi, balki uning vositasida bolaning ko‘ngil dunyosiga milliy ruh kiradi. Ona tilidagi mehr-u muhabbat, nasliy tuyg‘ular va orzular go‘dakning jusm-u jonida ildiz qoldiradi. *******
******* Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Download 493 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling