Nosirjon Uluqov


Referat yozish bo‘yicha metodik tavsiyalar


Download 493 Kb.
bet32/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

Referat yozish bo‘yicha metodik tavsiyalar
Referat va uni yozish jarayoni
Referat – oliy o‘quv yurtlarida talabalarning o‘quv rejasidagi maxsus yoki umumkasbiy fanlar bo‘yicha bajaradigan mustaqil ijodiy va ilmiy ishi.
Referat yozdirishdan asosiy maqsad talabalarning o‘quv fani bo‘yicha olgan bilim va egallagan ko‘nikmalarini ilmiy, amaliy jihatdan mustahkamlash hamda nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga, dalillar, misollar bilan asoslashga, aksincha, amaliy dalil va misollar tahlilidan nazariy xulosalar chiqarishga o‘rgatishdan iborat.
Referatni yozish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Referat mavzusini tanlash. Referat yozish mavzu tanlashdan boshlanadi. O‘quv semestri boshida talaba o‘ziga o‘qituvchi tavsiyasi asosida ma’lum mavzuni tanlaydi.
2. Ilmiy rahbardan mavzuga doir topshiriq va tavsiyalar olish.
3. Mavzuga oid adabiyotlarni topish, o‘qib o‘rganish va konspektlar qilish, iqtiboslar olish.
4. Mavzuga oid internet materiallarini o‘rganish va to‘plash.
5. Mavzu doirasidagi ilmiy-nazariy fikrlarni asoslash uchun dalillar, misollar to‘plash va ularni tahlil qilish.
6. Mavzu mohiyati va referat maqsadidan kelib chiqib reja tuzish.
7. Referatni talablarga muvofiq rasmiylashtirish va o‘qituvchiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish.
Referatning rasmiylashtirish qoidalari
1. Referatning titul varag‘i namuna bo‘yicha rasmiylashtiriladi (1-ilovaga qarang).
2. Referat mundarija, kirish (so‘zboshi), asosiy qism, ya’ni mavzuni yoritishga bag‘ishlangan bo‘limlar, xulosa, foydalanil-gan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
3. Kirish qismida ishning maqsadi, vazifalari, o‘rganish ob’ekti, manbasi va ahamiyati qisqa, lo‘nda, aniq beriladi.
4. Ishning asosiy mazmuni bayonida quyidagilarga amal qilish lozim:
– fikrlar ilmiy, asosli, aniq va izchil bo‘lishiga;
– ilmiy-nazariy fikrlar ishonchli dalillar bilan asoslanishiga;
– ilmiy manbalardan olingan havolalarning manbalari aniq va to‘la ko‘rsatilishiga.
5. Referatni xulosalanishi shart. Xulosada ish mavzusi bo‘yicha qisqa umumlashtirilgan natijalar beriladi.
6. Ishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq berilishi tavsiya etiladi. Adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida beriladi.
7. Ishda adabiyotlar qaysi yozuvda yozilgan bo‘lsa, o‘sha yozuvda, ya’ni rus kirill alifbosiga asoslangan yoki lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek yozuvida beriladi.
8. Ishda keltirilgan manbalarga havolalar “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” bo‘yicha tartib raqamlari kvadrat qavslarda ko‘rsatish yoki satr ostida keltirish mumkin.
9. Referat qo‘lyozma (qo‘l bilan) yoki kompyuterda yozilishi mumkin.
Referatning hajmi oddiy yozuvda 10-12 bet, kompyuterda 6-8 bet bo‘lishi lozim.
Referat kompyuterda WORDning 14 shriftida 1,5 intervalda qog‘ozning faqat bir tomoniga yoziladi.
Ishning betlarida matnning chap tomoni 30 mm, yuqori tomoni 25 mm, o‘ng tomoni 15 mm, quyi tomoni 25 mm bo‘lishi kerak.

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling