Fraza. Har ikki tomondan pauza bilan bo‘lingan, o‘ziga xos ohangga ega bo‘lgan nutqning eng katta fonetik birligi.
Fuziya (frans. fusion – qo‘shilish, tutashish < lot. fusio – quyish, quyma).
Gap bo‘laklari. Ma’lum so‘roqqa javob bo‘lib, gap tarkibida muayyan bir sintaktik vazifada keluvchi so‘z va so‘z birikmalari.
Gap. Til qonunlari asosida grammatik va ohang jihatidan shakllangan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan sintaktik birlik. Masalan, Vatan – onaning ko‘ksidan boshlanadi. (M. Xidir)
Gaplologiya. So‘zdagi bir xil yoki o‘xshash bo‘g‘inlardan birining tushib qolishi. Masalan, sariq yog‘ – saryog‘.
Grammatik ma’no. So‘zning shakliy qismi, grammatik shakli ifodalaydigan ma’no. Masalan, talabalar so‘zi predmet-lik, bosh kelishik, ko‘plik ma’nolariga ega.
Grammatik shakl. Grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan til vositalari. Masalan, bolalarga oti tarkibida ko‘plik, jo‘nalish kelishigi ma’nolarini ifodalovchi shakllar mavjud.
Grammatik shakl qo‘shimchalar yoki yordamchi so‘zlar vositasida hosil qilinadi.
Grammatika ( yun. grammatihe – harf o‘qish va yozish san’ati). 1. Tilshunoslikning so‘z shakllarini, so‘z birikmasi va uning turlarini, gap va uning turlarini, ya’ni tuilning grammatik qurilishini o‘rganuvchi bo‘limi. Morfologiya va sintaksis grammatikaning tarkibiy qismlaridir.
2. ayn. Tilning grammatik: morfologik va sintaktik qurilishi.
Ideografik yozuv. Grafik belgilar so‘zlarni emas, balki ma’nolarni ifodalovchi yozuv.
Integratsiya. Tillar, shuningdek, dialektlarning o‘zaro noo‘xshashliklari yo‘qola borib, bir umumiy tilga birlashishi.
Interlingvistika. Tilshunoslikning xalqaro aloqa-aralashuv vositalari sifatida turli yordamchi tillarni yaratish va ulardan foydalanish jarayonini o‘rganuvchi tarmogi.
Intonatsiya// ohang. Frazaga tegishli bo‘lgan ovoz sur’ati (tempi), sifati (tembri), nutq ritmi, melodika, iboraviy urg‘u, pauza kabi fonetik vositalarning murakkab birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |