Nosirjon Uluqov
Download 493 Kb.
|
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesim.
- Kontekst
- Leksema.
- Mentalingvistika
Intralingvistika. Tilshunoslikning til ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalarini, til sathlari va ularning tuzilishini nolisoniy omillarga murojaat qilmay o‘rganuvchi tarmog‘i.
Invariant (frans. invariant – o‘zgarmas). Til birliklari: fonema, morfema, leksema kabilarning nutqdagi muayyan voqelanishidan ajratib, mavhum olingan holati. Jonli til. Hozirgi davrda biror xalqning aloqa quroli, so‘zlashuv vositasi bo‘lgan til. Kesim. Gapning grammatik asosi, tasdiq-inkor, zamon, mayl va shaxs-son ma’nolarini ifodalalovchi, gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiruvchi asosiy, markaziy bosh bo‘lagi. Kognitiv tilshunoslik. Bilish nazariyasi asosida tilni ongli his qilishni o‘rganish yo‘nalishi. Kombinator o‘zgarishlar. Nutq tovushlarining qo‘shni tovushlar ta’sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi. Akkomodasiya, assimilyasiya, dissimilyasiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kombinator o‘zgarishlar hisoblanadi. Kontekst. Nutq jaroyonida so‘z yoki so‘z birikmasining matndagi qo‘llanish o‘rni yoki ularning boshqa so‘z va so‘z birikmalari bilan yondosh kelishi. Lahja. Fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari bir-biriga yaqin hamda o‘xshahs shevalar yig‘indisi, guruhi. O‘zbek tili tarkibida quyidagi uchta lahja bor: 1) qarluq-chigil-uyg‘ur; 2) qipchoq; 3) o‘g‘uz. Leksema. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shim-chalarsiz qismi; tilning lug‘at tarkibiga xos birlik. Makrolingvistika. Kishilik jamiyatidagi barcha belgi sistemalarini va ularning o‘zaro bog‘lanishlarini o‘rganuvchi tilshunoslik. Matematik lingvistika. Tilshunoslikning tilni tadqiq etish va o‘rganishda matematik metodlarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganuvchi sohasi. Matn tilshunosligi. Tilshunoslikning turli mazmun va uslubdagi matnlarni ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi. Mentalingvistika (lot. mens, mentis – ong, tafakkur + lingvistika). Tilshunoslikning til bilan tafakkurning aloqasini va shunga bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi. Metafora (gr. metathora – ko‘chirish). Predmetlarning belgi-xususiyatlari o‘xshashligiga ko‘ra so‘z ma’nosining ko‘chishi. Masalan, etak, lab, yoqa so‘zlarning dalaning etagi, piyolaning labi, dala yoqasi kabi birikmalardagi ma’nosi. Metateza (grek. metathesis – o‘rin almashtirish). So‘z tarkibidagi tovushlarning o‘rin almashinuvi. Masalan, tuproq > turpoq, nucqa > nuxsa, to‘g‘ramoq > to‘rg‘amoq, qirg‘iy > qiyg‘ir, supra > surpa, kunjut > kunduch kabi. Download 493 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling