Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliyatida namoyon bo’lishi


Sintezlangan ta’lim texnologiyasi


Download 141.78 Kb.
bet18/25
Sana08.11.2023
Hajmi141.78 Kb.
#1758348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliy-fayllar.org

Sintezlangan ta’lim texnologiyasi. Quyida A.T.Kuzmina tomonidan taklif qilingan “Sintezlangan ta’lim” texnologiyasi keltirilgan5. Mazkur texnologiyaga muvofiq, ta’lim jarayonining turli bosqichlarida bosh miya yarimsharlarining har birini turlicha faollashtiruvchi, “miyaga kirish” imkonini beruvchi metodlarni sintezlash taklif qilinadi. Vazifalar har doim engil bo‘lsa, yarimsharlar faolligi pasayib, ular “dangasa” bo‘lishni boshlaydilar, agar intellektual eqiyinchiliklarga uchrasalar – rivojlanadilar. Ijodiy, ilmiy, evristik vazifalar nafaqat o‘ng yarimshari etakchi bo‘lgan, balki chap yarimshari etakchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun ham berilishi kerak. Barcha o‘quvchilarga o‘z kuch va imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari uchun imkoniyat berilishi kerak.
Sintezlangan ta’limning metodik jihatlari quyidagilarni tashkil etadi:
  1. O‘quv maqsadlarni bosqichma-bosqich detallashatirish, amalga oshirish va aks aloqa. O‘ng yarimshari etakchi o‘quvchilar uchun o‘quv maqsadina aniqlash ularda o‘zini anglash motivatsiyasi shakllanishi uchun muhim omil xisoblanadi.


  2. Ta’lim jarayonida tafakkur strategiyalarini almashtirib o‘quv ma’lumotlarini berish. Ta’limning shakl va metodlarini almashtirish. Uzoq muddatli monoton faoliyat o‘ng yarimsharlilarning hissiy tafakkurlariga ziddir.


  3. Tafakkurning bilimdan ustuvorligi. “Bilim olishda tashlangan bir qadam bola rivojlanishida o‘n qadamni berishi, bilim olishda tashlangan o‘n qadam esa bola rivojlanishida bir qadamni berishi mumkin”6.


  4. O‘quv materialida qiyinchiliklarini aniqlash va ularni bartaraf etishda o‘z tajribasiga ega bo‘lish. Har bir o‘quvchining tafakkur tezligi, diqqatining jamlanishi, xotira xajmi va turi kabi ko‘rsatkichlari bilan boshqalaridan farq qiladi. SHuning uchun o‘quvchi o‘quv materialini o‘zlashtirishda o‘z vaqtiga ega bo‘lishi kerak. Bilishga qiziqish muvaffaqiyatdan yuzaga keladigan ilhomlanish bo‘lganidagina xosil bo‘ladi.


  5. SHakllantiruvchi baholash. O‘quvchining bilim, ko‘nikma va malaka darajalarini shaxsiy muvaffaqiyatlari bilan ilgariga natijalariga nisbatan baholaymiz. O‘zini-o‘zi baholash tamoyillariga va o‘z shaxsiy natijalarini yanada yuqori ko‘tarish yo‘llarini o‘rgatamiz.


  6. Turli laterallikka ega bo‘lgan o‘quvchilar tafakkurining o‘zaro xamkorligini shakllantirish. Mazkur xamkorlik turli laterallikdagi o‘quvchilarning juft bo‘lib yoki kichik guruxlarda tafakkur strategiyalaridan kelib chiqib o‘quv ma’lumotlarini almashishlari orqali amalga oshirilishi mumkin. CHap yarimshari etakchi o‘quvchilar uchun ung yarimsfera nisbatan ma’qul xisoblanib, ularni partalarda an’anaviy joylashtirish maqsadga muvofiq. O‘ng yarimshari etakchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun chap yarimsfera muhim xisoblanib, ularni yarimdoira shaklida o‘tkazish samarali bo‘ladi. Ushbu shartlarning bajarilmasligi natijasida ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv ma’lumotini o‘zlashtirish 30%gacha kamayishi mumkin7.


  7. Mashg‘ulot davomida ko‘tarinki ruhda bo‘lish. YOrqin misollar, assotsiatsiyalar, nutq va musiqiy ritmlardan foydalanish. YAxshi kayfiyatda bosh miyasining ish samaradorligi sezilarli darajada ortadi8.


  8. O‘quvchi tashabbusining ustuvorligi. Faollik va mustaqillik – uzluksiz ta’lim motivatsiyasining asosiy omilidir.


  9. Vazifalarni individual darajada differensiallash.


O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularni neyropedagogik xususiyatlarini hamda tafakkuri strategiyasini xisobga olib ta’lim jarayonini rejalashtirish uchun pedagog quyidagi jixatlarni xisobga olishi zarur:


1. O‘quvchi bilish faolligining uni neyropedagogik xususiyatlari bilan bog‘liqligi, ya’ni:
  • o‘qitishda o‘zlashtirish sustligining sabablari;


  • etakchi yarimsharlarning tafakkur bilan bog‘liqligi;


  • etakchi yarimsharlarning o‘quvchidagi ko‘nikmalar shakllanishi bilan bog‘liqligi;


  • o‘quvchilarning etakchi yarimsharlarining asosiy tavsiflari.


  1. Ta’lim jarayonini rejalashtirishda o‘quvchi tafakkuri strategiyasini xisobga olishi, ya’ni:


  • o‘qishni o‘rgatish;


  • yozishni o‘rgatish;


  • til o‘rgatish jixatlari.






Download 141.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling