Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliyatida namoyon bo’lishi


Tushuncha CHap yarimsharlilar uchun


Download 141.78 Kb.
bet17/25
Sana08.11.2023
Hajmi141.78 Kb.
#1758348
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliy-fayllar.org

Tushuncha


CHap yarimsharlilar uchun


O‘zg yarimsharlilar uchun



Sevgi, sevib qolish

Bu turli jinsdagi ikki shaxs o‘rtasida o‘zaro yaqin psixofiziologik munosabatlarni yuzaga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi.


Bu – yigit va qiz o‘rtasida nafis hissiyotlarning tug‘ilishi bo‘lib, bunda hissiyotlar inson qalbini junbushga keltiradi, uni turli jasoratlarga undaydi ....



Mazkur metod o‘quv ma’lumotlarini qabul qilish va ularni o‘zlashtirshda bosh miya yarimsharlarini bir-biri bilan o‘zaro hamkorlikda va xamjihatlikda faol ishlashini ta’minlaydi. Buning uchun asosiy shart – pedagog va ta’lim oluvchilar topshiriqlarni bajarishda o‘ng va chap yarimsharlarning xususiyatlarini aniq bilishlari xisoblanadi.

Neyropedagogik binar ma’ruza” metodi. Binar maruza interaktiv texnologiya hisoblanib, pedagogik jarayonning ikki sub’ekti - ikki xil ilmiy maktab yoki soha vakillari, ustoz va shogird, olim va amaliyotchi tomonidan dialog shaklida amalga oshiriladi. Maruzaning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni muammoli vaziyat yoki o‘quv mashg‘ulotiga jalb etish, o‘z fikrlarini erkin bayon etishlariga o‘rgatishdir.


Binar maruza talabalar fikrini erkin bayon etishlariga va faol tafakkur qilishlariga qaratilgan. Bunda ikki turli manbalar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumot o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otib, o‘quv mashg‘ulotining baxs-munozaraga boy bo‘lishini, ta’lim jarayonining sub’ekt va ob’ektlari o‘rtasidagi ma’lumot almashish jarayonining faolligini ta’minlaydi.
YArimsharlar funksional asimmetriyasini xisobga olgan “Neyropedagogik binar ma’ruza” metodidan amaliyotda foydalanish inson bosh miyasining chap va o‘ng yarimsharlarining qaysi birini etakchi ekanligi hamda gender xususiyatlarini xisobga olgan holda ma’lumotlarni havola qilinishiga asoslangan. CHap va o‘ng yarimsharlarning ma’lumotlarni qabul qilish va ishlash “uslublari” to‘g‘risida mazkur qo‘llanmaning avvalgi fasllarida etarlicha fikr yuritilgan bo‘lib chap yarimshari etakchi bo‘lganlar uchun ratsional-belgili tafakkur, o‘ng yarimshari etakchi bo‘lganlarga esa emotsional-xissiy, obrazli-intuitiv tafakkur hos ekanligini eslatib o‘tamiz.
YArimsharlar funksional asimmetriyasini xisobga olgan “Neyropedagogik binar ma’ruza” metodidan foydalanishda pedagogik jarayonning ikki sub’ekti tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar o‘quvchilardagi neyropedagogik o‘ziga hoslikni e’tiborga olishi kerak bo‘ladi. Buning uchun pedagogik jarayon sub’ektining biri tomonidan taqdim etayotgan ma’lumotlar va topshiriqlar talqini asosan analitik, klassifikatsion, abstrakt, algoritmik tarzda ifodalanib, induktiv operatsiyalarni bajarishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni bunday tarzda taqdim etilishi o‘quvchilarni muammolarni tahlil qilish va mantiqiy yo‘l bilan echim yo‘llarini izlashlarini ta’minlaydi. O‘quvchilar mashg‘ulot jarayonida aniq dalillarni qidirib, shu dalillar asosida xulosalar chiqarib, yangi g‘oyalarni ilgari surishga xarakat qiladilar.
Pedagogik jarayon sub’ektining ikkinchisi tomonidan ma’lumotlar va topshiriqlar emotsional-xissiy, obrazli-intuitiv tafakkur strategiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular obrazlarni bir butunlikda idrok qilishlariga, obrazli fikrlashlashlariga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlar, keltiriladigan misol va o‘quv topshiriqlari yorqin va rangli emotsional bo‘lib vizual-makonda modellashtirish, loyihalash kabilarni o‘z ichiga olishi zarur. Ma’lumotlarni bu tarzda havola etilishi, ya’ni o‘ng yarim shari etakchi bo‘lgan o‘quvchilar tafakkur strategiyasining o‘ziga hosliklarini xisobga olintsht – ichki ziddiyatlarga ega bo‘lgan murakkab axborotlarni bir ma’nodagi kontekstga keltirilishida ijodiy yondashuvga, yaratuvchanlik fazilatlarini shakllantirishga yo‘naltiradi. Pedagogik jarayonning ikkinchi sub’ekti o‘quv ma’lumotlarini taqdim etishda ularni o‘quvchilar tomonidan qayta ko‘rib chiqishilishini va bunda asoslangan qoidalarga rioya qilishlarini xam hisobga olishi kerak. Bu o‘quvchilarni maqsadga yo‘nalgan g‘oyaviy fikrlari orqali shaxsiy tashabbuslarini namoyon etishlariga imkon yaratadi.
O‘quv ma’lumotlarini o‘quvchilar e’tiboriga havola qilinishida o‘ng va chap yarimsharlarning funksional tashkil etilishidagi o‘ziga hos xususiyatlarini e’tiborga olinishi ta’lim berish jarayonida pedagog va o‘quvchilarning individaul lateratsiya profillarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida o‘quvchilar bosh miya yarimsharlarining sinxron ishlashini shakllantirish bilan birga bilimlarni chuqur va to‘liq o‘zlashtirishlariga yordam beradi.
O‘quv mashg‘ulotini olib borishda yarimsharlar asimmetriyasiga asoslangan neyropedagogik binar ma’ruza metodidan foydalanish uchun quyidagi shartlarning bajarilishi kerak, deb xisoblaymiz.
  1. Tayyorgarlik bosqichida:


  • mavzuga oid vazifalarni o‘quvchilarga oldindan berish;


  • guruhning neyropedagogik relefini aniqlash;


  • guruhdagi o‘quvchilarning etakchi yarimsharlar bo‘yicha nisbatini aniqlash;


  • bir o‘quv mashg‘uloti uchun yarimsharlar strategiyasi xususiyatlarini xisobga olgan ikkita ma’ruza matnini shakllantirish;


  • o‘quv mashg‘ulotida pedagogik jarayon sub’ektlari tomonidan qo‘llanilishi uchun vazifa va o‘quv topshiriqlarini, ko‘rgazmali-obrazli va texnik materiallarni tanlash va tayyorlash.


  1. Asosiy bosqichda:


  • ma’ruza jarayonida o‘quvchilarning etakchi yarimshari nuqtai-nazaridan ma’lumotlarni qabul qilishini va ishlashini, vazifa va topshiriqlarni bajarishini nazorat qilib borish;


  • o‘quvchilar topshiriqlarini bajarishlarida ularning barcha reprezentativ tizimlarini faollashtirish;


  • turli laterallikka ega bo‘lgan o‘quvchilarni juft yoki kichik guruhlarga bo‘lib, ularga aralash topshiriq berish orqali neyropedagogik xamkorlikni amalga oshirish.


  1. YAkuniy bosqichda o‘quvchilar avval o‘zlarining qaysi yarimshar etakchiligidan kelib chiqib, so‘ng ikkinchi yarimsharga hos ravishda xulosa berishlari.


YUqoridagi shartlarning bajarilishi o‘quvchilarning bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlariga, ularning bilish faolliklarini oshishiga, “savodli” tafakkurning shakllanishiga, etakchi bo‘lmagan yarimsharni faollashishiga hamda yarimsharlar sinxronizatsiyasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



Download 141.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling