Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliyatida namoyon bo’lishi
Download 141.78 Kb.
|
Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tana va harakatlar tipi
- Ovoz kuchi, tonalligi va tezligi
- Nigohning atrofdagi-larga nisbatan yo‘nalishi
- Ko‘z-xarakat reaksiyasi asosida etakchi reprezentativ tizimni aniqlash.
1-rasm. Reprezentativ tizimlarning patternlar bilan bog‘liqligi Ko‘z-xarakat reaksiyasi asosida etakchi reprezentativ tizimni aniqlash. Etakchi reprezentativ tizimni bosh miya faoliyatining o‘ziga hos statik sozlanishi (vizual, audial, kinestetik va diskret) sifatida qarash mumkin. Biroq biz hayotda ham ko‘rishimiz, ham eshitishimiz, ham his qilishimiz, ham o‘qishimiz/o‘rganishimiz haqidagi oddiygina faktdan xulosa qilish mumkinki, statik ish tartibidan tashqari miyamiz yana allaqanday dinamik sozlanishlarga ham egaki, ular biz afzal ko‘radigan reprezentativ tizimdan (masalan K) “o‘chib”, boshqalaridan (V, A, D) biriga “ulangan” vaqtimizda namoyon bo‘ladi. Bu “qayta ulanish” sodir bo‘lgani, shu bilan birga qaysi ish tartibiga ko‘chilganini – ko‘z holatlarining miyaning ish tartibiga muvofiqligi, ya’ni ko‘z kalitlari orqali aniqlash mumkin. Albatta, dastlabki tayyorgarliksiz miyaning ish tartibini ko‘z kalitlari orqali aniqlash ancha mushkul vazifa xisoblanadi. Suhbatdoshingizga quyidagi savollarga javob beriganingizda uning ko‘zlari sizga nisbatan qaysi tomonga yo‘nalishini diqqat bilan kuzating. 1-blok 1. Tish cho‘tkangiz qaysi rangda? 2. Uyingizda nechta eshik bor? 3. Boshlig‘ingizning sochlari qaysi rangda? 4. Bugun kimni birinchi ko‘rdingiz? 5. sfetoforda qaysi rang tepada turadi –qizilmi yo yashil? O‘zingiz uchun belgilang: suhbatdoshingizning ko‘zlari tepaga va o‘ngga qarab “ketdi” (uningcha emas, balki sizningcha). 2-blok 1. Tasavvur qiling: uyingizning asosiy kirish eshigi yashil noxotli pushti rangga bo‘yalgan. 2. Alvon rang sigirni ko‘z oldingizga keltiring. 3. O‘zingizni televizor ekranida qanday ko‘rgan bo‘lardingiz. Aytib bering. 4. Tasavvur qiling, siz 10 kilogrammga ozdingiz. 5. Tasavvur qiling, sochlaringiz pushti rangda. Suhbatdoshingizning ko‘zlari tepaga va o‘ngga qarab “ketdi”. 3-blok 1. “Murodjonning qo‘zichog‘i bor edi” degan gapda “qo‘zichoq” so‘zi sizga necha marta eshitildi? 2. Onangiz ismingizni aytib chaqirganini tasavvur qiling. 3. Sinf taxtasiga yozganda bo‘r g‘ichirlashini eshiting. 4. Soat jiringlashini eshiting. 5. To‘lqinlar shovqinini tasavvur qiling. Bu savollarga javoban suhbatdoshingizning ko‘zlari gorizontal bo‘ylab o‘ngga “ketdi”. 4-blok 1. Qaysi qo‘lingiz iliqroq – o‘ng yoki chap? 2. Hozir o‘zingizni qanday his qilyapsiz? 3. Tilingizni tishlab olsangiz, nimani his qilasiz? 4. Birinchi bor bo‘sa olganda nimani his qilganingizni eslang. 5. Ko‘p (ovqat) eb yuborganingizda nimani his qilgansiz? Suhbatdoshingizningko‘zlari pastga va chapga “ketdi”. 5-blok 1. Kelasi haftada nima qilishingiz haqida o‘zingizdan so‘rang. 2. Kelasi oyga rejalaringizni o‘zingiz bilan muhokama qiling. 3. O‘zingizga naqadar go‘zal ekaningiz haqida aytib bering. 4. O‘tgan yilda ro‘y bergan eng kulgili voqeani eslang. 5. Sizni nima alohida hayron qoldirganini o‘zingizga aytib bering. Suhbatdoshingizning ko‘zlari pastga va o‘ngga “ketdi”. Download 141.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling