Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliyatida namoyon bo’lishi


Ko‘z-harakat reaksiyalarining kengaytirilgan tavsifi


Download 141.78 Kb.
bet14/25
Sana08.11.2023
Hajmi141.78 Kb.
#1758348
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliy-fayllar.org

Ko‘z-harakat reaksiyalarining kengaytirilgan tavsifi.
YUqoriga va chapga qarash: vizual konstruksiyalash (konstruksiyalangan obrazlar). Bu individ tomonidan yaratiladigan vizual obrazlar yoki kartinalar, avvalgi vizual shakllar va izchilliklarga yangi qismlar yoki guruhlarga qaytadan ajratish, shuningdek, boshqa sensor ta’sirlarga javoban konstruksiyalangan obrazlar bo‘lishi mumkin. Konstruksiyalangan obrazlar, odatda, silliq yoki etarlicha chuqur bo‘lmasdan, ba’zan, xatto rangsiz bo‘lishi mumkin.
YUqoriga va o‘ngga qarash: vizual xotiralar avval sodir bo‘lgan, o‘tmishdagi hodisalarning, shuningdek, aval his qilingan vizual ta’sirlarning vizual obrazlari yoki kartinalari bo‘lib, tushlar va konstruksiyalagan hamda his qilib ulgurilgan obrazlarni o‘z ichiga oladi. Bu obrazlar chuqurligi kabi harakati (xuddi kinodagidek), shuningdek, rangi bilan tavsiflanadi.
Gorizontal va chapga qarash: audial konstruksiyalash (nutqni konstruksiyalash). Bu pattern, odatda, so‘zlashuv tilini yaratish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, bu holatda inson so‘zlarga avval fikrlarni joylaydi, sso‘ng aytmoqchi bo‘lgan gapi matnini belgilaydi.
Gorizonlal va o‘ngga qarash: audial xotiralar (eslab qolingan tovush) bo‘lib, “alifbo metodikasi”, harflar, reklama tovushlari, telefon raqamlari, shuningdek, sleng va haqoratlarni o‘z ichiga oladi. Bunday pattern, shuningdek, odam avval eshitgan obrazi haqidagi, qisqa va ko‘pincha melodik yoki ritmik patternlarda saqlanadigan, tez-tez takrorlangani sababli mavjudligi anglashilmaydigan xotiralar vaziyatida ko‘z soqqasining tez-tez qimirlashi kuzatiladi.
Pastga va chapga qarash: kinestetika (hislar). Bu holatda odamning ko‘zi yuzaga kelayotgan his-tuyg‘ular kabi, saqlanadigan kinestetik xotiralarga ham kirib boradi. Depressiya holatidagi odamda tez-tez kuzatish mumkin bo‘lgan pozani eslang: boshi pastga qaratilgan, elkalar tushgan, tana mutlaqo bukilgan. Bunday odam tom ma’noda “o‘z hislariga” g‘arq bo‘lgan.
Pastga va o‘ngga qarash: ichki dialog jiddiy o‘y-xayollar bilan bog‘liq bo‘lib, bunda mazkur jarayon ichki manbaga ega so‘z va tovushlar bilan kechadi. Nisbatan tinch vaziyatlarda u kompleks, mantiqiy va ratsional fikrlashning analitik quroli bo‘lishi mumkin.
Fokusi buzilgan ko‘zlar: vizuallashtirish patterni bo‘lib, asosan “qara – eshit” qoidasi bo‘yicha gaplashadigan odamlar o‘rtasida yuzma-yuz muloqot chog‘ida ko‘p qo‘llaniladi. Biroq, shuningdek, fokusi buzilgan ko‘zlar axborotning boshqa shakllariga kirishni ham anglatishi mumkin.
YUqorida aytilganlarning hammasini quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirilgan (2-rasm).


Nigohlarni to‘g‘riga yo‘nalganligi - vizuallashtirish


Nigohlarni tepaga chapga yo‘nalganligi




Download 141.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling