Vizual konstruksiyalangan obrazlar
| |
Nigohlarni tepaga o‘ngga yo‘nalganligi
Vizual eslanadigan obrazlar
| |
Nigohlarni gorizontal chapga yo‘nalganligi
Konstruksiyalangan tovushlar
|
Nigohlarni gorizontal o‘ngga
yo‘nalganligi
Eslanadigan tovushlar
|
Nigohlarni pastga chapga yo‘nalganligi
Kinestetika
|
Nigohlarni pastga o‘ngga
yo‘nalganligi
Audial, ichki (diskret) dialog
|
2-rasm. Reprezentativ tizimni ko‘z harakatiga qarab aniqlash
Biroq bu sxema faqat o‘naqaylar uchun “to‘g‘ri” bo‘lib, chapaqaylarda hammasi mutalqo aksincha takrorlanadi. Qolaversa, qarshimizda turgan odam o‘naqay yoki chapaqay ekanligini aniqlash sira qiyin emas. Masalan, uyi oldidagi manzarani eslashni taklif qiling. Agar uning ko‘zlari yuqoriga va chapga ketsa, u chapaqay bo‘ladi. CHunki o‘naqaylarda bu vizual xotira sohasi bo‘lmasdan, balki vizual konstruksiyalash rejimi sohasi bo‘lib, o‘z uyi atrofidagi manzarani esa odam, odatda, vizual modallikda eslaydi.
Muloqot jarayonida ko‘z-harakat reaksiyalari patternlaridan foydalanish
Ko‘z-harkat reaksiyalarini kuzatib, birinchidan, afzal ko‘riladigan reprezentativ tizim haqida axborot olish mumkin. Buning uchun F.Puselik va B.Dyuis so‘zlarning uch turidan foydalanishni tavsiya qiladi.
1. Konkret ot. Istalgan konkret otni (masalan it, daraxt, qayiq) talaffuz qiling, keyin sukut saqlab, noverbal reaksiyani kuzating. Siz ko‘rganingiz kirish patterni bo‘lishi mumkin. Masalan, it so‘zini eshitib, kinestetik, ehtimol, pastga va chapga qaraydi, shu so‘z bilan bog‘liq sezgilarini eslaydi. Vizual, aftidan, yuqoriga va chapga qaraydi, it obrazini yaratadi, audial va diskret bu vaqtda u tomondan bunisiga ko‘zini alanglatishi mumkin.
2. Mavhum ot. SHerigingizga istalgan mavhum otni (masalan, do‘stlik,tenglik)ayting, noverbal reaksiyani kuting va uni talqin qiling.
3. Bema’ni so‘zlar. So‘zni (masalan, termonakar, fruserax) ayting, sukut qilib, ko‘z-harakat reaksiyalarini kalibrlang. Bu metod ayniqsa samarali va aniq, chunki odamlar eshitganini anglashi uchun o‘z dunyo modeliga oid axborotni jalb qilishi kerak. Siz ma’nosiz so‘zni aytganingizda bu bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan anglashilmovchilik suhbatdoshingizni o‘zining afzal ko‘radigan reprezentativ tizimiga murojaat qilishga undaydi.
Biroq, ta’lim-tarbiya jarayoni uchun boshqasi – ko‘z harakati reaksiyasi “mexanizmlari” qanday ishlashini bila turib, o‘quvchiga ta’sir etish “kuchaytirgich”larning quyidagi variantidan foydalanaish muhimroq, deb xisoblaymiz.
Pedagogik hamkorlik jarayonidagi o‘zaro ta’sir bo‘yicha suhbatdoshga moslashish - suhbatdoshga yoqish va unda yaxshi ta’surot qoldirish uchun ham, sizni shunchaki yaxshiroq tushunishi uchun ham u afzal ko‘radigan reprezentativ tizim predikatlaridan foydalanib gapirish kerak. Biroq bu usul suhbatdoshingiz sizga shunchaki qarab o‘tirganida yaxshi samara beradi. Uning ko‘zlari qayoqqadir “ketib qolsa”, bu uning idroki onglamagan holda boshqa reprezentativ tizimga “ulangani” sababli boshqa reprezentativ tizimning roli ortganidan dalolat beradi4.
SHunday ekan, suhbatdoshga ta’siringizni, jadvalda aks ettirilganidek, o‘z nutqingizga tegishli modallikka oid predikatlarni kiritish bilan kuchaytirishingiz mumkin (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |