Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliyatida namoyon bo’lishi


CHapaqay o‘kuvchilarga ta’lim-tarbiya berishning o‘ziga hosliklari


Download 104.64 Kb.
bet10/25
Sana22.12.2022
Hajmi104.64 Kb.
#1043381
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Neyropedagogika3

CHapaqay o‘kuvchilarga ta’lim-tarbiya berishning o‘ziga hosliklari
Ma’lumki, hozirga qadar chapaqay o‘kuvchilarni yozishga o‘rgatadigan va mehnat darslarida ular bilan ishlashning ilmiy asoslangan metodikasi ishlab chiqilmagan. CHapaqaylar ta’lim jarayonida barcha o‘quv harakatlarini o‘ng qo‘li etakchilar singari amalga oshirishga majburlar. Ular har qadamda o‘ng qo‘li etakchi bo‘lganlarga mo‘ljallangan xizmat va buyumlar bilan to‘qnashadilar. Biroq, aksariyat qulayliklar – eshikni ochib yopishdan ruchka yoki qalamda yozishgacha, jamoat joylarida yurishdan transport vositalaridan foydalanishgacha – barchasi o‘ng qo‘li etakchi bo‘lganlarga moslashtirilgan bo‘lib, ulardan foydalanish chapaqaylar uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqaradi. Bu holat ularni doimiy ravishda “dekstrastress” (o‘ng stress) ta’sirida bo‘lishlariga olib keladi. Oqibatda, tabiatining nozikligi sababli, chapaqaylarda nevroz holati ularning o‘ng qo‘li etakchi bo‘lgan tengdoshlariga nisbatan ko‘proq kuzatiladi.
SHu bilan birga ta’kidlash joizki, chap yarimsharga funksional bo‘ysingan va anatomik jihatdan bog‘liq bo‘lgan o‘ng qo‘l miyaning lat eyishi oqibatida yozish qobiliyatini saqlab qolsada, eng oddiy tasvirlarning rasmini chizish yoki nusxasini ko‘chirish, kubiklardan elementar shakllarni jamlash, geometrik shakllarni sezish kabi qobiliyatlarni yo‘qotadi. Ushbu vazifalarni nisbatan qiyinchiliklarsiz chap qo‘l bajarishi mumkin.
Xo‘sh, chap qo‘li etakchi bo‘lgan o‘kuvchilar faoliyatida ushbu muammo qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin? Bunda o‘ng qo‘li etakchi bo‘lgan bolalardagi holatning aksi kuzatiladimi?
Darslikdagi qoidalarni o‘qish o‘z mazmuniga ko‘ra ilmiy matnga o‘xshaganligi tufayli, o‘ng yarimshar tomonidan badiiy asar matniga nisbatan og‘irroq qabul qilinadi. SHu sababli o‘ng yarimshari etakchi o‘quvchilarda darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham, o‘quv vazifalarini tushunishlariga ham alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Bunday bolalar tafakkuri doimo umumiydan xususiyga yo‘nalganligi sababli topshiriq shartini o‘qib chiqgach birinchi navbatda bajarishi kerak bo‘lgan vazifadagi vaziyatni ko‘z oldilariga keltirishlari va faqat shundan so‘ng uni bajarishga kirishishlari mumkin3.
O‘ng yarimshari etakchi bo‘lgan o‘quvchilarga o‘quv materialini ketma-ket, og‘zaki tarzda qayta-qayta bayon etish asosida ta’lim berish nisbatan samarasiz bo‘lib, ularning xotirasi yorqin obrazlarni yaxshiroq eslab qolish imkoniga ega. Bu toifadagi o‘quvchilarning tafakkuri emotsional va intuitiv bo‘lganligi sababli, ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlari uchun muammoli vaziyatlarni tashkil qilinishi kerak. Bunday bolalarga yangi nazariy ma’lumotlarni amaliy mashqlar asosida tushuntirish va nutqning intonatsiya imkoniyatlari hamda ko‘rgazma materiallardan kengroq foydalanish maqsadga muvofiq xisoblanadi.
SHu o‘rinda, chap yarimshari etakchi bo‘lgan o‘kuvchilarga o‘quv materiallarini muntazam ketma-ketlikda abstrakt tushuntirilishi ularning bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini ancha osonlashtirishini, yarimsharlari aralash tipdagi bolalar uchun esa o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari uchun har ikkala ta’lim strategiyasi ham to‘g‘ri kelaverishini unutmasligimiz kerak. Ushbu ma’lumotlar bolalar tafakkuri strategiyasini xisobga olgan holda ta’lim juruyonini tashkil qilinishida nazarda tutilmog‘i kerak.
Biroq, ta’lim jarayonida ayrim chapaqaylarning verbal ko‘rsatmalarni yaxshi qabul qila olmaslik holatlari xam kuzatilishi mumkin. Ushbu toifaga, asosan, biron-bir sabab bilan bosh miya po‘stlog‘i shikastlanishi oqibatida nutq rivojlanishi orqada qolgan chapaqaylar kirishi mumkin bo‘lib, ularda yozma va og‘zaki nutq, o‘qish hamda nutqni tushunish ko‘nikmalarining shakllanishida ayrim qiyinchiliklar yuzaga keladi.
CHapaqaylardan qo‘lni uzmasdan yozishni talab qilish noto‘g‘ridir. Ta’limning neyropedagogik muhitini tashkil etishda pedagog-o‘qituvchi, imkon bo‘lsa, sinf xonasidagi oyna chapaqaylarning chap tomonida bo‘lishini, ya’ni yorug‘lik chap tomondan tushishini ta’minlashga harakat qilishi kerak. SHunday holatda o‘quv mashg‘ulotlarini bajarish vaqtida bolaning ish joyi etarlicha yoritilgan bo‘ladi hamda u yonidagi sherigiga xalaqit bermaydi.
CHapaqay o‘kuvchilarning o‘quv faoliyatini engillashtirishi mumkin bo‘lgan navbatdagi omillardan biri – etakchi ko‘zni aniqlash. Partalarni joylashtirishda axborot olish maydoni o‘quvchining etakchi ko‘zi bilan bir sohada joylashiganligiga e’tibor qaratish kerak. Masalan, agar chapaqayning chap ko‘zi etakchi bo‘lsa sinf peshtaxtasi va o‘qituvchining ish stoli o‘quvchining chap ko‘zi sohasida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Mazkur omil nafaqat chapaqaylar, balki barcha bolalar uchun ta’luqlidir.
Xozirgi kunda maktabning birinchi sinfiga o‘qishga kelayotgan bolalarning aksariyati, yosh xususiyatlariga ko‘ra, chap yarimsharlaridan foydalanishni boshlagan bo‘lib, ushbu xolatning bolalar psixologik faoliyatidagi ulushi nihoyatda kichikdir. Lekin shunga qaramasdan, turli psixofiziologik imkoniyatlarga ega bo‘lgan bolalarni muvaffaqiyat bilan o‘qitayotgan o‘qituvchilar mavjud ekanligini tan olishimiz kerak. O‘quv vazifalari ko‘p planli bo‘lganligi bois, ularning faoliyati ta’limning barcha turlariga moslashtirilgan bo‘ladi. Tashkil etilgan o‘quv vaziyatlari sinflagi turli tafakkur strategiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilar faoliyatini galma-galdan, navbat bilan jadallashtirishga qaratilgan bo‘lib, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatli ta’lim olishida o‘z aksini topmasligining ilojisi yo‘qdir.

Download 104.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling