Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliyatida namoyon bo’lishi
Download 104.64 Kb.
|
Neyropedagogika3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i.
Bosh miya katta yarimsharlarining tuzilishi. Bosh miya katta yarimsharlari ikkita yarimshardan iborat bo‘lib, bosh miyaning eng rivojlaigan qismidir. Ikkita yarimshar bir-biri bilan gorizontal plastinka – qadoqsimon tana yordamida birikadi.
Har bir yarimsharning miya qopqog‘i, asosiy markaziy bo‘laklari va ikkita yon qorinchasi bo‘ladi. Ikkita yarimshar bir-biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajraladi. YArimsharning ustki qismida juda ko‘p pushta va egatchalar mavjud bo‘lib, har bir yarimsharning tashqi, ichki va pastki yuzasi bor. Katta yaramsharlarning orolcha bo‘lagi Silviev yorig‘i chuqurligida yotadi hamda peshona, tepa chakka bo‘lakchalari bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i. Bosh miya katta yarimsharlarining kulrang moddasi miyani yuza qismida joylashgan bo‘lib, u “miya po‘stlog‘i” deb nomlanadi. Miya po‘stlog‘i neyronlar, ya’ni nerv hujayralari tanasining 2-4 mm qalinlikdagi to‘plamidan tuzilgan. Miya po‘stlog‘i bosh miya katta yarimsharlari egatchalari ichiga ham o‘tib, 2200 sm2 yuzani hosil qiladi. Bu yuzaning 2/3 qismi egatchalar hisobiga hosil bo‘ladi, 1/3 qismi esa erkin yuza hisoblanadi. Bosh miyaning katta yarimsharlar po‘stlog‘i filogenetik jihatdan uning eng so‘nggi qismi hisoblanadi. Miya po‘stlog‘idagi hujayralar joylashishi va shakliga qarab 6 qavat, ba’zi qismida, masalan ensada sohasida 9 qavatdan iborat bo‘ladi. Eng ustki – birinchi qavat “molekulyar qavat” deyilib, u mayda neyrogliya hujayralari o‘simtalaridan iborat. Ikkinchi qavat “tashqi donachali qavat” deyiladi va u zich joylashgan yumaloq hamda ko‘p burchaqli mayda nerv hujayralarndan tuzilgan bo‘ladi. Uchinchi qavat piramidasimon hujayralardan tashqil topgan. To‘rtinchi qavat donodor ichki qavat bo‘lib, mayda hujayralardan iborat. Beshinchi, tugunli qavatda yirik piramidasimon hujayralar joylashgan. Miya po‘stlog‘ining chakka qismida duksimoi va piramidasimon hujayralardan iborat Kortiev oltinchi qavati mavjud. Piramidasimon hujayralar harakat hujayralari bo‘lib, uzun o‘siqlari – aksonlari muskullarga impuls o‘tkazadi. YUlduzsimon hujayralar xotirada saqlash nerv protsesslarining almashinishida ishtirok etadi. Po‘stloq osti qismlarni markazdan qochuvchi tizimilar bilan duksimon hujayralar bog‘laydi. Miya po‘stlog‘idagi markazlarni bir-biri bilan katta o‘siqli hujayralar bog‘lab turadi. SHunday qilib, bosh miya po‘stlog‘i tuzilishining takomillashganligi va murakkabligi mayda o‘siqli hujayralarning ko‘pligi, miya po‘stlog‘i xajmining kattaligi hamda turli markazlarini bog‘lovchn assotsiativ nerv hujayralarining rivojlanganligiga bog‘liq. Download 104.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling