Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliyatida namoyon bo’lishi


Neyropedagogik diagnostikaning mohiyati


Download 104.64 Kb.
bet5/25
Sana22.12.2022
Hajmi104.64 Kb.
#1043381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Neyropedagogika3

Neyropedagogik diagnostikaning mohiyati. Bolalarning barchasi misoli alohida dunyo bo‘lib, ularning har biri boshqalaridan o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan birga xarakteri, tafakkuri, borliqni ko‘rishi, atrof muxitdan kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilishi va idrok etishi bilan farq qiladi. Buning asosiy sababi – bosh miya yarimsharlarining funksiyalari hamda “ish uslublari” bir xil emasligidadir. YArimsharlar birgalikda, xamjihat bo‘lib faoliyat ko‘rsatsalarda, ularning har birini o‘ziga yarasha “ish bajarishning sevimli uslublari” mavjud bo‘lib, ayrim odamlar chap yarimsharlar “xizmatidan” ko‘proq foydalansalar, boshqalar o‘ng yarim sharlar “xizmatini” afzal ko‘radilar.
Inson bosh miya yarimsharlari faoliyatida sodir bo‘ladigan neyrologik o‘zgarishlarni ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda xisobga olinishi bolalar bilish faolligini namoyon qilishlari hamda bilishga bo‘lgan extiyojlarini qondirishlari, intellektual to‘siqlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz engib o‘tishlari, ularning tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyatlarini o‘zaro mutanosib shakllantirilishi, ijodiy faolliklarini intensiv rivojlantirish kabi bir qator masalalarni yanada samarali hal etishda katta imkoniyatlar tug‘diradi, deb xisoblaymiz.
O‘quv ma’lumotlarini bolalarga “tushunarli bo‘lgan tilda” berilishi uchun ularning har birini bosh miya yarimsharlarining ishlash strategiyasini bilish kerak bo‘ladi. Xo‘sh, konkret odamning ensefalogrammasini o‘rganmasdan, faqat mutaxasislar foydalanishi mumkin bo‘lgan maxsus metodlarni qo‘llamasdan bosh miya yarim sharlarining ishlash strategiyasini qanday aniqlash mumkin?
Ma’lumki, deyarli har bir odamdagi juft organlar – qo‘l, ko‘z va quloqning biri ikkinchisiga qaraganda yaxshiroq ishlaydi, ko‘radi va eshitadi. Juft organning qaysi tarafdagisi (o‘ng yoki chap) boshqa tarafdagisiga nisbatan yaxshiroq ishlasa, u shartli ravishda “etakchi organ” deb ataladi. Agar juftlikdagi o‘ng organ chap organga qaraganda yaxshiroq ishlasa, bu odam faoliyatini asosan chap yarimsharlar boshqarishidan va aksincha, agar chapaqay bo‘lsa – asosan o‘ng yarim sharlar boshqarishidan dalolat beradi. Mana shu juft organlarining etakchiligi va ularning o‘zaro kombinatsiyasidan kelib chiqib inson bosh miya yarim sharlari asimmetriyasining bir qator funksional tiplarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Insonning etakchi qo‘l, ko‘z va quloq ko‘rsatkichlariga qarab miya yarimsharlar funksional assimmetriyasining tiplarini aniqlash esa neyropedagogik diagnostika deyiladi.

Download 104.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling