Notarial faoliyatning huquqiy asoslari


Download 77.08 Kb.
bet3/4
Sana10.11.2023
Hajmi77.08 Kb.
#1765204
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu (1) (2)

Notarius stajori

  • Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajori bo‘lishi mumkin.
  • Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius stajori bo‘lishi mumkin emas.
  • Davlat notarial idorasi notariusining stajorini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius stajorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius tomonidan notarius stajorini ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Stajirovka notarial idorada o‘taladi. Notarius stajori o‘z faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
  • Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi.

Notarius qasamyodi

  • Notarius O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:
  • “Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.

Notariatga oid prinsiplar

Notarius faoliyatidagi cheklovlar

  • Notarius:
  • ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;
  • shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish chog‘ida vositachilik xizmati ko‘rsatishga;
  • faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan uning litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan davrga muhrni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno;
  • ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda o‘z idorasi joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas.
  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzmasdan turib o‘z faoliyatini amalga oshirishga ham haqli emas.

Download 77.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling