Notarial faoliyatning huquqiy asoslari


Download 77.08 Kb.
bet4/4
Sana10.11.2023
Hajmi77.08 Kb.
#1765204
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu (1) (2)

Davlat notarial idorasi

  • Davlat notarial idoralari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
  • Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi.
  • Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan so‘zlar bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi va zarur bo‘lganda, davlat notarial idorasining raqami bo‘lishi kerak.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius

  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda o‘z idorasiga ega bo‘lishga, bank hisobvarag‘i va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishga hamda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda o‘z nomidan ishtirok etishga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning idorasi tugatilganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so‘ng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida qoladi va unga soliq solinmaydi.
  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan Notariat to`g`risidagi Qonunning 21 va 22-moddalarida ko‘rsatilgan hollar mustasno.
  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius idorasining nomida “xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius” degan so‘zlar bo‘lishi va tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi kerak.

Download 77.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling