Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
II BO‘LIM. NOTARIAL HARAKATLAR VA ULARNI AMALGA
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Документ DOCX
II BO‘LIM. NOTARIAL HARAKATLAR VA ULARNI AMALGA
OShIRISh QOIDALARI 5-bob. NOTARIAL HARAKATLAR Oldingi tahrirga qarang. 23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: 1) bitimlarni tasdiqlaydi; 2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi; 3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar beradi; Oldingi tahrirga qarang. (23-moddaning birinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018- yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019- yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 5) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi; 6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi; Oldingi tahrirga qarang. 6 1 ) mediator vazifasini bajaradi; (23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14- yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan 6 1 -band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi; 8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; 9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi; 10) ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi; 11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; 12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; Oldingi tahrirga qarang. 12 1 ) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi; 32 (23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11- oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan 12 1 -band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019- yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 12 2 ) dalillarni ta’minlaydi; (23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14- yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan 12 2 -band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; 14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; Oldingi tahrirga qarang. 14 1 ) mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 14 2 ) elektron hujjatning qog‘oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi; (23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14- yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan 14 1 va 14 2 -bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. 15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi; (23-moddaning birinchi qismi 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018- yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1- yanvardan kuchga kiradi) 16) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi; 17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi; 18) pul to‘lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo‘yicha pul to‘lanmaganligini tasdiqlaydi; 19) ijro xatlarini yozadi; 20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi; 21) dengiz protestlarini amalga oshiradi; 22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko‘chirmalarni beradi. Oldingi tahrirga qarang. Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 33 (23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 1-bandi . Oldingi tahrirga qarang. (24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ- 255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313- modda) Oldingi tahrirga qarang. (25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ- 255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313- modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling