Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

4
3
-bob. Notarius faoliyati ustidan nazorat va monitoring qilish. Adliya 
organlarining notariat sohasidagi vakolatlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
22
8
-modda. Notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan 
rioya etilishi ustidan nazorat va monitoring qilish 
(22
8
-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya qilishi 
ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi. 
(22
8
-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati 
ustidan monitoringni amalga oshiradi. 
22
9
-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat 
sohasidagi vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida: 
notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; 


29 
yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘radi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi; 
(22
9
-modda 
birinchi 
qismining 
to‘rtinchi 
xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis 
etadi va tugatadi; 
muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam 
sonini belgilaydi; 
Notarial palata faoliyatiga ko‘maklashadi; 
Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; 
xorijda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va 
ularning muhri ko‘chirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lgan boshqa vazifalarni bajaradi; 
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni 
amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlarni ro‘yxatga 
olish reyestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius 
stajorining faoliyatini tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda 
tasdiqlaydi; 
notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab 
chiqadi va tasdiqlaydi, notariuslarga ko‘rsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi; 
pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy 
va texnik xususiyatga ega qo‘shimcha harakatlar ro‘yxatini, ushbu harakatlar amalga 
oshirilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial 
arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan 
hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan ko‘chirmalar, ma’lumotnomalarning va 
arxiv hujjatlarining ko‘chirma nusxalari berilganligi uchun to‘lovlarning 
miqdorlarini tasdiqlaydi; 
notariuslarning statistik ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial 
palata bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikda nazarda tutilgan 
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
(22
9
-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 


30 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling