Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

34-modda. Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va 
boshqa hujjatlarni imzolash tartibi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


39 
Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlar 
notarius ishtirokida imzolanadi. Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar 
tomonidan barmoq izlarini olish yo‘li bilan tasdiqlanishi mumkin. 
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga 
kiradi) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Bitimlar, 
arizalar 
va 
boshqa 
hujjatlarni 
tasdiqlash 
jarayoni 
videokonferensaloqa orqali amalga oshirilishi mumkin. 
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
602-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa 
sabablarga ko‘ra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, 
bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius 
hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga 
oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay 
olmaganligi sabablari yozib qo‘yilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni 
amalga oshirish chog‘ida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi. 
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga 
kiradi) 
Basharti notarial idoraning yig‘majildlarida korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar 
mansabdor 
shaxslarining 
vakolatlari 
tekshirilganligi 
haqida 
ma’lumotlar, imzolarining shaxsan murojaat qilingan vaqtda olingan namunasi 
bo‘lsa va ularning imzolari haqiqiyligiga shubha tug‘ilmaydigan bo‘lsa, notarius bu 
mansabdor shaxslarning o‘zlari kelishini talab qilmasligi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 
2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial 
harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 
8-bandi


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling