Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

35-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim 
etiladigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qirib o‘chirilgan 
yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa 
tuzatishlari bo‘lgan hujjatlarni, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlarni qabul 
qilmaydi. Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa 


40 
kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz bo‘lsa, notarius 
bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli. 
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga 
kiradi) 
Notarial tasdiqlanadigan bitimlarning matni aniq va ravshan yozilgan 
bo‘lishi kerak, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda 
bir marta so‘z bilan, yuridik shaxslarning nomlari esa — ular organlarining 
manzillarini ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi lozim. Fuqarolarning 
familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq yozilib, yashash joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi 
kerak. 
Bir varaqdan ortiq bo‘lgan hujjat ip o‘tkazib tikilgan, varaqlari raqamlangan 
va muhr bosib tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
36-modda. Tasdiqlovchi yozuvlarni yozish va guvohnomalar berish 
Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan 
ko‘chirmalarning to‘g‘riligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning 
bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi to‘g‘riligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim 
etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi. 
Merosga bo‘lgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik 
ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan 
shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida tegishli 
guvohnomalar beriladi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling