Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

32-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan 
kishining shaxsini aniqlash 
Notariuslar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor 
shaxslar notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan kishilarning 
shaxsini aniqlaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan kishining shaxsi 
uning shaxsiga nisbatan har qanday shubhalarni istisno etadigan pasporti yoki 
identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud boshqa hujjatlariga asosan aniqlanishi kerak. 
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-
martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning 
shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi. 
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
497-sonli 
Qonuniga 
asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 
2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial 
harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 
3-bandi

33-modda. Bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala 
layoqatini va yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish 
Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning 
muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq 
layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham 
tekshiriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 
2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial 
harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 
4 — 5-bandlari


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling