Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Meros mol-mulkni qo‘riqlash


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

52-modda. Meros mol-mulkni qo‘riqlash 
Meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxo‘rlarning, vasiyat 
majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari 
uchun zarur bo‘lsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga ko‘ra yoki o‘z 
tashabbusi bilan meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi. 
53-modda. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar 
ko‘rish to‘g‘risida topshiriq berish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan 
joydan tashqarida bo‘lsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk 


45 
joylashgan erdagi notariusga meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-
tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq yuboradi. 
(53-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-
sentabrdagi O‘RQ-255-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-
modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rgan notarius 
meros ochilgan joydagi notarial idoraga ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi 
va meros mol-mulk ro‘yxatining nusxasini yuboradi. 
(53-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-
sentabrdagi O‘RQ-255-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-
modda) 
54-modda. Meros mol-mulkni ro‘yxatga olish va uni saqlash uchun 
topshirish 
Meros mol-mulkning qo‘riqlanishi uchun notariuslar bu mol-mulkni 
ro‘yxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxo‘rlarga yoki boshqa 
shaxslarga topshiradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk bo‘lsa, shuningdek 
meros qoldiruvchining kreditorlari merosxo‘rlar merosni qabul qilib olgunga qadar 
da’vo qo‘zg‘atgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi. 
(54-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-
sentabrdagi O‘RQ-255-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-
modda) 
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan 
boshqa shaxslar meros mol-mulkni talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga berganlik 
yoki yashirganlik uchun va merosxo‘rlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik 
to‘g‘risida ogohlantiriladi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling